Sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatiladi — yangi farmon

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2025
Obuna bo‘lish
Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
“Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi prezident farmoni qabul qilindi.
“Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. Agentlik mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (ta’lim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi”, — deyiladi hujjat matnida.
Bunda:
kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5-yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;
maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin o‘tkaziladi.
Shuningdek, agentlik ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini o‘rganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.
Shu yilning 1-iyulidan yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;
2-bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
“Bunda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va ta’lim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘ladi”, — deyilgan hujjatda.
Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi.
Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan:
oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;
oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;
muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan meyordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.
Qolaversa, har bir ta’lim tashkiloti tarkibida ichki ta’lim sifati auditini amalga oshirishga mas’ul ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limlari tashkil etiladi.
Diagnosticheskiy sentr  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Tibbiyot, ta’lim, madaniyat va sport yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik kengaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0