Eron rasmiylari AQSh bilan muzokaralarni qayta boshlamoqchi — OAV

© AP Photo / Vahid SalemiNatsionalniy flag Irana nad Tegeranom.
Natsionalniy flag Irana nad Tegeranom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
Obuna bo‘lish
Eron rasmiylari AQSh bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Eron rasmiylari vositachilarga AQSh bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini, lekin avval Isroilning hujumlari to‘xtatilishini xohlashadi. Bu haqda "Washington Post" gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Eron rasmiylari vositachilarga AQSh bilan yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga tayyor ekanliklarini, lekin avval ular Isroil hujumlarini to‘xtatishini xohlashadi", — deyiladi nashrda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlash harakatlariga O‘mon va Qatar yetakchilik qilgan.
"Axios" portali xabariga ko‘ra, Oq uy Tehron bilan shu hafta AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Abas Araghchi, viceministro de Exteriores de Irán - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2025
Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish shartini aytdi
Yangiliklar lentasi
0