Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish shartini aytdi

© AP Photo / Vahid SalemiAbas Araghchi, viceministro de Exteriores de Irán
Abas Araghchi, viceministro de Exteriores de Irán - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2025
Obuna bo‘lish
Eron TIV: agar Isroil tajovuzni to‘xtatsa, mamlakat Isroilga zarba berishni to‘xtatadi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Eron Tehronga qarshi tajovuzni to‘xtatgan taqdirda, Isroilga zarba berishni to‘xtatadi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi mamlakat televideniyesi orqali efirga uzatilgan elchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

"Biz o‘zimizni himoya qilamiz, bu o‘z-o‘zini himoya qilish. Tabiiyki, agar to‘xtasa, biz ham javob berishni to‘xtatamiz", — dedi u.

Uning aytishicha, Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’minlash uchun shartnoma imzolashga tayyor.

“Biz Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’minlaydigan har qanday kelishuvga tayyormiz, chunki bizning prinsipimizga ko‘ra, yadro quroli taqiqlangan. Ammo maqsad Eronni yadroviy huquqlaridan mahrum qilish bo‘lsa, tabiiyki, biz bunday kelishuvga tayyor emasmiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Eron AQShdan Isroilning Eron yadroviy infratuzilmasiga hujumlarini qoralashini kutmoqda.
Mestniy jitel u razrushennogo jilogo zdaniya, kotoroe postradalo ot raketi, vipushennoy iz Irana, v Ramat-Gane, nedaleko ot Tel-Aviva, Izrail - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2025
Eronning Isroilga javob zarbasi: nimalar ma’lum?
Yangiliklar lentasi
0