https://oz.sputniknews.uz/20250616/xalq-qabulxona-murojaatlar-idora-49955433.html
Endi Xalq qabulxonalaridagi murojaatlar boshqa idoraga yuborilmasdan hal etiladi
Endi Xalq qabulxonalaridagi murojaatlar boshqa idoraga yuborilmasdan hal etiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
2025-06-16T16:08+0500
2025-06-16T16:08+0500
2025-06-16T16:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xalq qabulxonalari
hokim
hokimlar
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1f/46405277_0:47:1434:854_1920x0_80_0_0_8762981f88fca2bfb1c6549e95cf53fe.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. “Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida. Aytilishicha, Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkentda o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi. Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi. Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi. Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi bo‘ladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan. Murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklar, ta’lim, ekologiya sohalariga to‘g‘ri keladi. Mingtaga yaqin murojaatlarda prezidentning shaxsiy qabuli so‘ralgan. Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi qayd etildi.Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qilishi belgilandi. Hokimlar har kuni ishini shu yerda aholi dardi va tashvishini eshitishdan boshlaydi. Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi. Masalalarni hal qilish uchun qo‘shimcha resurs ham beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250616/mirziyoev-mojarolar-mintaqa-tasir-49945381.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1f/46405277_117:0:1317:900_1920x0_80_0_0_ea914dfd7dea5e13d4b5fec4cb27e8eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“xalq nazorati” elektron portali shavkat mirziyoyev sherzod asadov hokimlar xalq qabulxonalari
“xalq nazorati” elektron portali shavkat mirziyoyev sherzod asadov hokimlar xalq qabulxonalari
Endi Xalq qabulxonalaridagi murojaatlar boshqa idoraga yuborilmasdan hal etiladi
Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qilishi belgilandi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. “Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining
Telegram-kanalida. Aytilishicha, Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkentda o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi. Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.
Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi. Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi bo‘ladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.
“Xalq qabulxonalari tizimi ham aholi dardini eshitib, masalalarni hal qilish o‘rniga murojaatlarni davlat tashkilotlariga taqsimlovchi “dispetcher”ga aylanib qoldi”, — dedi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan.
Murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklar, ta’lim, ekologiya sohalariga to‘g‘ri keladi. Mingtaga yaqin murojaatlarda prezidentning shaxsiy qabuli so‘ralgan.
“Ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoroda mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar ko‘payganini hokimlar qachon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin? Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!” — dedi prezident.
Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi qayd etildi.
Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qilishi belgilandi. Hokimlar har kuni ishini shu yerda aholi dardi va tashvishini eshitishdan boshlaydi.
“Hokimlar bir narsani tushunib olsin, bugun tug‘ilgan muammoni keyingi kunga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Murojaatni boshqa idoraga yubormasdan shu yerning o‘zida hal qiladi”, — dedi prezident.
Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi. Masalalarni hal qilish uchun qo‘shimcha resurs ham beriladi.