https://oz.sputniknews.uz/20250616/mirziyoev-mojarolar-mintaqa-tasir-49945381.html
Mirziyoyev: yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani mintaqamizga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi
Mirziyoyev: yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani mintaqamizga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: keskinlashuv davom etsa, pandemiyadan keyin endi-endi tiklanayotgan savdo aloqalari va logistika marshrutlari qiyinlashadi. 16.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-16T10:49+0500
2025-06-16T10:49+0500
2025-06-16T11:24+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
mojaro
eron
isroil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/10/49948447_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d61729c750e60fa1c2328930f1b31d9a.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, davlat rahbari raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Aytilishicha, o‘tgan besh oyda mamlakatda sanoat 6,4 foizga o‘sdi, eksport 18 foizga, xorijiy investitsiyalar 46 foizga oshdi. Qiymati 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushdi, 2 million 400 ming odam daromadli bo‘ldi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart.
https://oz.sputniknews.uz/20250616/turkmaniston-eron-ozbekiston-gumanitar-yordam-49944106.html
o‘zbekiston
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/10/49948447_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_87d8df3f2d5c0921fd95819639975597.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, mojaro, eron, isroil
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, mojaro, eron, isroil
Mirziyoyev: yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani mintaqamizga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi
10:49 16.06.2025 (yangilandi: 11:24 16.06.2025) Shavkat Mirziyoyev: keskinlashuv davom etsa, pandemiyadan keyin endi-endi tiklanayotgan savdo aloqalari va logistika marshrutlari qiyinlashadi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining
Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, davlat rahbari raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Aytilishicha, o‘tgan besh oyda mamlakatda sanoat 6,4 foizga o‘sdi, eksport 18 foizga, xorijiy investitsiyalar 46 foizga oshdi. Qiymati 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushdi, 2 million 400 ming odam daromadli bo‘ldi.
“Lekin kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Keskinlashuv davom etsa, pandemiyadan keyin endi-endi tiklanayotgan savdo aloqalari va logistika marshrutlari qiyinlashadi”, — dedi prezident.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart.
“Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”, — dedi Mirziyoyev.