https://oz.sputniknews.uz/20250616/uzcosmos-dala-yongin-kosmik-monitor-49957609.html
"Uzcosmos" dala yong‘inlarining dastlabki kosmik monitoringini e’lon qildi
"Uzcosmos" dala yong‘inlarining dastlabki kosmik monitoringini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Respublika miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilgan. 16.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-16T17:56+0500
2025-06-16T17:56+0500
2025-06-16T17:56+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yong‘in
ekologiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/10/49957362_130:0:2215:1173_1920x0_80_0_0_5e1ac80ef8de2f015f4aefdbb03f978f.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Respublika miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilishi bilan bog‘liq 213 ta holat aniqlandi, deya xabar berdi "O‘zbekkosmos" matbuot xizmati.Qayd etilishicha, mazkur vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborotlar Bosh prokuratura, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarni tez va arzon yo‘l bilan yo‘q qilib yuborishga bo‘lgan harakat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Zarar miqdori katta bo‘lgan taqdirda hattoki jinoiy javogarlikkacha olib borishi mumkin.Xabarda fuqarolardan salbiy holatlar bo‘yicha Ekologiya vazirligining 1207 ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250525/bosh-prokuratura-tergov-tekshiruv-uzcosmos-49534449.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/10/49957362_390:0:1954:1173_1920x0_80_0_0_d2650760ce3f9bb811b97011b44f7e86.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yong‘in, ekologiya
jamiyat, o‘zbekiston, yong‘in, ekologiya
"Uzcosmos" dala yong‘inlarining dastlabki kosmik monitoringini e’lon qildi
Respublika miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilgan.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Respublika miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilishi bilan bog‘liq 213 ta holat aniqlandi, deya xabar berdi "O‘zbekkosmos"
matbuot xizmati. “Joriy yilgi kuzatishlarning dastlabki tahlillariga ko‘ra, iyun oyining bugungi kuniga qadar respublika miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilishi bilan bog‘liq 213 ta holat aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Surxondaryo viloyatida 180 ta (1 324,8 gektar);
Sirdaryo viloyatida 17 ta (135,2 gektar);
Toshkent viloyatida 3 ta (58,2 gektar);
Andijon viloyatida 3 ta (18,5 ga);
Farg‘ona viloyatida 4 ta (20,4 ga);
Jizzax viloyatida 2 ta (21,3 ga);
Buxoro viloyatida 4 ta (27,0 gektar).
Qayd etilishicha, mazkur vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborotlar Bosh prokuratura, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.
“Tasavvur qilib ko‘ring, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida 500 gramm azot oksidi, 379 gramm ulgevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi atmosferaga tarqaladi. Bu toza havoning ifloslanishi bilan birga inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi bilan xavflidir”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarni tez va arzon yo‘l bilan yo‘q qilib yuborishga bo‘lgan harakat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Zarar miqdori katta bo‘lgan taqdirda hattoki jinoiy javogarlikkacha olib borishi mumkin.
Xabarda fuqarolardan salbiy holatlar bo‘yicha Ekologiya vazirligining 1207 ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.