Endi bosh prokuratura tergovga qadar tekshiruv ishlarida Uzcosmos bilan hamkorlik qiladi
© Press-slujba Agentstva kosmicheskix issledovaniy i texnologiyPodpisan memorandum o sotrudnichestve mejdu Uzcosmos i Generalnoy prokuraturoy

© Press-slujba Agentstva kosmicheskix issledovaniy i texnologiy
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura davlat kosmik monitoringi tizimi orqali shaffof va yuqori aniqlikdagi ma’lumotlardan foydalanadi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Uzcosmos va Bosh prokuratura o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi agentlik axborot xizmati.
Imzolangan hamkorlik hujjati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
nazorat tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv jarayonlariga aerokosmik texnologiyalarni joriy etish;
Davlat kosmik monitoringi tizimi orqali shaffof va yuqori aniqlikdagi ma’lumotlardan foydalanish.
“Endilikda tomonlar tizimli ravishda axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yib, ekologik xavflar va muammolar darajasini aniqlash, huquqbuzarliklarni fosh etish hamda ularning oldini olishda bir qator yo‘nalishlarda birgalikda ishlashlari belgilandi. Hamkorlik natijasida ekologik madaniyat, tabiatga javobgarlik hissi va resurslarga tejamkor munosabatni yanada kuchaytirish hamda nazorat samaradorligini oshirishga erishish mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Hamkorlikda quyidagilar amalga oshriladi:
yashil hududlarning qisqarishi va daraxtlarning kesilishi holatlari monitoring qilish;
o‘rmon fondi yerlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash;
noqonuniy qazish ishlari, shu jumladan daryo o‘zanlari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallari qazib olinishini monitoring qilish;
daryo o‘zanlarini to‘planib qolgan noruda materiallardan tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari amalga oshirilayotgan uchastkalarda loyihadan chetga chiqish, noqonuniy qazib olish holatlarini monitoring qilish;
noruda foydali qazilma konlarida haqiqatda qazib olingan hajmni aniqlash maqsadida aerokosmik marksheyderlik ishlarini amalga oshirish;
mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlari, noqonuniy chiqindi poligonlarini monitoring qilish;
boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan (o‘rimdan so‘ng) yer maydonlarida somonpoyalari va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlarini monitoring qilish.