Eronning Isroilga javob zarbasi: nimalar ma’lum?
© AP Photo / Ariel SchalitMestniy jitel u razrushennogo jilogo zdaniya, kotoroe postradalo ot raketi, vipushennoy iz Irana, v Ramat-Gane, nedaleko ot Tel-Aviva, Izrail

© AP Photo / Ariel Schalit
Obuna bo‘lish
Eron Isroilga zarba berishda o‘rta masofali Emad, Ghadr, Kheibar Shekan ballistik raketalaridan foydalangan.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Isroil "Isonkor sher” operatsiyasi doirasida Erondagi obyektlarga zarba berdi. Bunga javoban Eron yuzlab ballistik raketalar uchirdi. Tehronda bu operatsiya "Haqiqiy va’da – 3" deb ataldi.
Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari bir necha kun emas, balki bir necha hafta davom etishi mumkin, AQSh bunday davom etishga e’tiroz bildirmadi. Bu haqda RIA Novosti CNN telekanaliga tayanib xabar bermoqda.
Eron va Isroil o‘rtasidagi so‘ngi xabarlar:
Eronning yangi hujumi haqidagi birinchi xabarlar shanba kuni kechqurun paydo bo‘ldi, Xayfa va Quyi Galileyada raketalar qulagani haqida xabar berildi - Eron davlat televideniyesi shu bilan birga Xayfada neftni qayta ishlash zavodiga zarba berilgani haqida xabar berdi.
Eron Xayfaga zarba berish uchun gipertovushli raketadan foydalangan. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) shanba kuni Isroilga zarbalar berishni boshlaganini tasdiqladi, bu Isroilning "takroriy hujumi"ga javobdir.
Eron Isroilga zarba berishda o‘rta masofali Emad, Ghadr, Kheibar Shekan ballistik raketalaridan foydalangan.
Isroil armiyasi, o‘z navbatida, Tehrondagi harbiy nishonlarga zarba berganini ma’lum qildi. Shana agentligi Tehron shimolidagi neft ombori va Eron poytaxti janubidagi yoqilg‘i omboriga zarba berilgani haqida yozgan edi.
Tasnim Tehrondagi Eron mudofaa vazirligi shtabi zarbaga uchragani, ma’muriy binolardan biriga zarar yetgani haqida xabar bergan edi.
Isroil armiyasi Erondagi bir nechta nishonlarga, jumladan, Eron Mudofaa vazirligi, Eron Mudofaa innovatsiyalari va tadqiqotlari tashkiloti shtab-kvartirasiga bir qator zarbalar berganini ma’lum qildi.
Eron havo mudofaasi Isroilning uchta qanotli raketasi, o‘nta uchuvchisiz uchish apparati va "o‘nlab" dronlarini tutib oldi, deya ta’kidladi IIQK.
Eron mamlakat havo hududini yopishni uzaytirdi, Suriya va Iordaniya yana o‘z havo hududini yopdi.
Tasnim nashrining yozishicha, Isroil Tehron shimoli-sharqidagi turar-joylardan biriga zarba bergan.
IIQK Isroilga hujumlarning yangi to‘lqini davomida "Haj Qasem" taktik va boshqariladigan qattiq yonilg‘ili ballistik raketalaridan foydalangan, deya ta’kidlaydi Fars agentligi.
Eron hujumlaridan birida Isroildagi turar joy binosi shikastlangan. Isroil OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning Bat-Yam (Tel-Aviv yaqinida) va Rehovot shaharlarida tungi hujum oqibatida jabrlanganlar soni 130 dan oshgan, Bat-Yamda uch kishi halok bo‘lgan, uy qulab tushish xavfi bor.
NYP ma’lumotlariga ko‘ra, Rexovotdagi Isroilning Veysman ilmiy-tadqiqot instituti ham shikastlangan.
Donald Trampning aytishicha, Isroilning Eronga bergan zarbalariga AQShning hech qanday aloqasi yo‘q.
Husiylar so‘nggi sutkada Eron bilan kelishilgan holda Tel-Aviv hududidagi nishonlarga "Falastin-2" gipertovushli raketalari bilan bir necha bor hujum uyushtirganini ma’lum qildi.
© AP Photo / Ohad ZwigenbergIzrailskie sili bezopasnosti osmatrivayut razrushennie doma, postradavshie ot raketi, vipushennoy iz Irana, v Rishon-le-Sione, Izrail

Izrailskie sili bezopasnosti osmatrivayut razrushennie doma, postradavshie ot raketi, vipushennoy iz Irana, v Rishon-le-Sione, Izrail
© AP Photo / Ohad Zwigenberg
Pentagonning sobiq maslahatchisi, iste’fodagi polkovnik Duglas Makgregor Eron bilan ehtimoliy urush AQShni Uchinchi jahon urushiga jalb qilishi mumkinligidan xavotir bildirdi. "Eron bilan urush AQShni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin. Keling, bundan qochaylik!", — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.