https://oz.sputniknews.uz/20250206/tanzila-narbaeva-bmt-47865851.html
Tanzila Narbayeva BMT vakili bilan uchrashdi — muhokama qilingan masalalar
Tanzila Narbayeva BMT vakili bilan uchrashdi — muhokama qilingan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Tomonlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.
2025-02-06T12:03+0500
2025-02-06T12:03+0500
2025-02-06T12:03+0500
o‘zbekiston
bmt
tanzila norboyeva
o‘zbekiston oliy majlisi senati
hamkorlik
narkotik moddalar
korrupsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/06/47870356_0:55:1049:645_1920x0_80_0_0_9e43cfb42890c6b436cfc15f51f6e800.jpg
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Pokiston va Erondagi mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi. Shuningdek, mintaqada inson huquqlari ustuvorligini va gender tenglikni ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishda parlamentning tutgan o‘rni atroflicha muhokama qilindi. Odam savdosi, majburiy mehnat va xorijda mehnat qilayotgan migrantlar muammolarini hal etishda mamlakat ijobiy natijalarga erishgani alohida ta’kidlab o‘tildi. Bu borada O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilangani qayd etildi. Kelgusida ham ana shunday ijobiy natijalarga erishish uchun tashkilot bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20241022/bmt-uzbekistan-afghanistan-pozitsiya-46246254.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/06/47870356_58:0:990:699_1920x0_80_0_0_d3c68fcf6ee4b3be825c0ea47c6eb286.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tanzila narbayeva bmt
Tanzila Narbayeva BMT vakili bilan uchrashdi — muhokama qilingan masalalar
Tomonlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Pokiston va Erondagi mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va BMTning Narkotik va Jinoyat masalalari bo‘yicha idorasi o‘rtasidagi hamkorlik, ayniqsa, noqonuniy narkotik aylanmasi, uyushgan transmilliy jinoyatchilik, odam savdosi va terrorizmga qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tarilgani aytib o‘tildi.
Shuningdek, mintaqada inson huquqlari ustuvorligini va gender tenglikni ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishda parlamentning tutgan o‘rni atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga muloqotda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi keskin kurashish choralarining qonuniy asoslari yaratilgani, bu esa xalqaro darajada e’tirof etilayotgani alohida qayd etildi.
Odam savdosi, majburiy mehnat va xorijda mehnat qilayotgan migrantlar muammolarini hal etishda mamlakat ijobiy natijalarga erishgani alohida ta’kidlab o‘tildi. Bu borada O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilangani qayd etildi. Kelgusida ham ana shunday ijobiy natijalarga erishish uchun tashkilot bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.