Eron Isroil hujum qilgan taqdirda javob zarbasi rejasini ishlab chiqdi

© Sputnik / Aleksandr VilfGosudarstvenniy flag Irana v Tegerane.
Gosudarstvenniy flag Irana v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2025
Obuna bo‘lish
Eron harbiylar har qanday ssenariyga, jumladan, urushga ham tayyorligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Eron Isroil hujum qilgan taqdirda javob zarbasi rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda RIA Novosti New York Times nashriga tayanib, xabar berdi.
"Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javobni muhokama qilish uchun allaqachon uchrashgan. Tehron yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda Isroilga zudlik bilan qarshi zarba berishni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan javob rejasini ishlab chiqdi", — deya aniqlik kiritdi gazeta manbaga tayanib.
Ziddiyat eskalatsiyasi xavfi (CBS News ma’lumotlariga ko‘ra):
Tel-Aviv Eronda harbiy operatsiya boshlashga tayyor;
Vashington Tehron AQShning qo‘shni Iroqdagi ba’zi obyektlariga javob zarbasi berishi mumkinligini kutmoqda.
bu AQSh ba’zi amerikaliklarga mintaqani tark etishni maslahat bergan sabablardan biri;
Isroil rasmiylari operatsiyaning boshlanishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Washington Post gazetasining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilning Eron yadroviy obyektlariga prezident Donald Trampni ogohlantirmasdan hujum qilishidan xavotirda. Bunday harakatlar Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarga putur yetkazadi.
Eron harbiylari har qanday ssenariyga, jumladan, urushga ham tayyor, dedi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salomiy Eronga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi ma’lumotlar fonida.
“Dushman ba’zan bizga harbiy tahdid qiladi (ssenariy - tahr). Biz har doim aytganmiz va bugun ham aytamiz: biz har qanday ssenariyga mutlaqo tayyormiz", — deya Salamining so‘zlarini keltiradi SNN agentligi.
Yangiliklar lentasi
0