Baxtiyor Saidov Oleg Malginov bilan uchrashdi

© Baxtiyor Saidov/TelegramBaxtiyor Saidov vstretilsya s Olegom Malginovim.
Baxtiyor Saidov vstretilsya s Olegom Malginovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2025
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov: elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Baxtiyor Saidov respublikada o‘z faoliyatini yakunlayotgan Rossiya elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Biz aloqalarni chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz uchun manfaatli qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga intilishimizni yana bir bor tasdiqladik. Janob Elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U 2021-yil 5-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.
V Posolstve sostoyalsya torjestvenniy priyem po sluchayu glavnogo gosudarstvennogo prazdnika - Dnya Rossii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2025
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Yangiliklar lentasi
0