Saida Mirziyoyeva investorlarni Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlarni baholashga chaqirdi

© Saida Mirziyoyeva/TelegramSaida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi sessiyada ishtirok etdi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston kelajagi eng muhim milliy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini aytdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Endi Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishni nazorat qiladi
© SputnikSaida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2025
Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi sessiyada ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon maxsus davlat dasturlari ishga tushirilgan, budjetlar ajratilgan va muvofiqlashtiruvchi guruhlar tuzilgan.
Mirziyoyeva viloyat turizm, toza energiya, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida noyob salohiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Boston Consulting Group kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.
“Biz mintaqaning kuchli tomonlariga tayanamiz: toza energiya va tabiiy gaz sohasidagi salohiyat, unumdor yerlar va qishloq xo‘jaligi istiqbollari, shuningdek, barqaror turizm uchun mustahkam poydevor yaratadigan boy madaniy meros”, — deya u investorlarni hudud imkoniyatlarini shaxsan borib ko‘rish va imkoniyatlarni baholashga chaqirdi.
Qoraqalpog‘iston "yashil" energetika, ishlab chiqarish va turizm markaziga aylanadi
V Mejdunarodnom kongress-sentre sostoyalas tretya plenarnaya sessiya Soveta inostrannix investorov pri Prezidente Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2025
Mirziyoyev investorlarni muvaffaqiyat tarixining chinakam ishtirokchisiga aylanishga chorladi
Yangiliklar lentasi
0