Mirziyoyev investorlarni muvaffaqiyat tarixining chinakam ishtirokchisiga aylanishga chorladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Mejdunarodnom kongress-sentre sostoyalas tretya plenarnaya sessiya Soveta inostrannix investorov pri Prezidente Respubliki Uzbekistan.
V Mejdunarodnom kongress-sentre sostoyalas tretya plenarnaya sessiya Soveta inostrannix investorov pri Prezidente Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev: biz investorlar uchun ochiq, erkin, barqaror va ishonchli mamlakat – Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston investorlarni shunchaki sarmoya kiritishga emas, balki muvaffaqiyat tarixining chinakam ishtirokchilariga aylanishga chorlaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisida ma’lum qildi.

“Biz bugungi uchrashuvga mutlaqo boshqacha tayyorgarlik ko‘rdik. Xorijiy korxonalar bilan birma-bir gaplashib, bildirilgan 40 tadan ziyod tashabbuslarni saralab oldik. Jumladan, sarmoyadorlar soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni ko‘paytirish, infratuzilma sohalarida xususiy sektor ulushini oshirish bo‘yicha takliflarni berdilar”, — deya qayd etdi prezident.

Aytilishicha, ularning barchasi inobatga olinadi va Kengash a’zolari bilan har bir taklif ustida jiddiy ishlanmoqda.
“Ko‘p murojaatlar elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha kelib tushdi. Bunda, albatta, eng ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanishimiz shart va zarur. Shuning uchun bu borada Kengashimiz qoshida alohida ishchi guruh tuzib, aniq mexanizmlarni ishlab chiqishni taklif qilaman. Tushgan takliflardan kelib chiqib, garov to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish, xorijiy kompaniyalar uchun professional kadrlarni tayyorlash, mahalliy kompaniyalarda korporativ boshqaruvni yaxshilash, soliq ma’murchiligi bo‘yicha qo‘shimcha ishchi guruhlar tashkil etiladi”, — dedi Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, respublikada so‘nggi ikki yilda chet el kapitali ishtirokidagi 5,5 mingta yangi korxona tashkil etildi. Ularning umumiy soni 16 mingtaga yetdi.
“Yana bir bor ta’kidlamoqchiman: biz investorlar uchun ochiq, erkin, barqaror va ishonchli mamlakat – Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz. Bu yo‘lda boshlagan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz. Sizlarni yurtimizga shunchaki sarmoya kiritishga emas, balki muvaffaqiyatimiz tarixining chinakam ishtirokchilariga, biz yaratayotgan buyuk kelajakning ajralmas qismiga aylanishga chorlaymiz”, — deya fikr bildirdi O‘zbekiston yetakchisi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2025
Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: O‘zbekiston 42 mlrd dollarga teng investitsiya jalb etmoqchi
Yangiliklar lentasi
0