https://oz.sputniknews.uz/20250612/ozbekiston-afgoniston-mintaqa-loyihalar-49867492.html
O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlamoqchi
O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston rahbariyati O‘zbekiston yetakchisiga salom yo‘lladi. 12.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-12T12:08+0500
2025-06-12T12:08+0500
2025-06-12T12:08+0500
siyosat
o‘zbekiston
afg‘oniston
hamkorlik
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/0c/49867152_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b496c7409143af22dea89f482a691d4b.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Suhbat avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga Afg‘oniston rahbariyatining samimiy salomini yetkazdi. Tomonlar savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi. O‘zbekiston rahbari iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, "Hayraton" sanoat markazini tez fursatda barpo etish, u yerda farmatsevtika, mebelsozlik, to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini joylashtirish zarurligi ta’kidlandi. Ma’lumot uchun, Nuriddin Aziziy Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.O‘zbekiston va Afg‘oniston tekstil sohasida hamkorlik boshladiAfg‘onistonni Markaziy Osiyo xavfsizlik tizimiga kiritish zarur — BMTTransafg‘on temir yo‘li Markaziy va Janubiy Osiyo uchun drayver bo‘ladi — TIV
https://oz.sputniknews.uz/20250302/ozbekiston-afgoniston-savdo-hajm-3-mlrd-dollar-48192295.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/0c/49867152_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bc502c0d4191fe620d7de7e1a68a44f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, afg‘oniston, hamkorlik, shavkat mirziyoyev
siyosat, o‘zbekiston, afg‘oniston, hamkorlik, shavkat mirziyoyev
O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlamoqchi
Afg‘oniston rahbariyati O‘zbekiston yetakchisiga salom yo‘lladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Suhbat avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga Afg‘oniston rahbariyatining samimiy salomini yetkazdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
O‘zbekiston rahbari iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, "Hayraton" sanoat markazini tez fursatda barpo etish, u yerda farmatsevtika, mebelsozlik, to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini joylashtirish zarurligi ta’kidlandi.
“O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortmoqda, ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokida biznes tashriflari va ko‘rgazmalar muntazam o‘tkazilmoqda. Termiz shahrida Xalqaro savdo markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning may oyida Kobul va Mozori Sharif shaharlarida savdo uylari ochildi”, — deyiladi xabarda.
“Transafg‘on temir yo‘li va "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish kabi yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ma’lumot uchun, Nuriddin Aziziy Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.