https://oz.sputniknews.uz/20250302/ozbekiston-afgoniston-savdo-hajm-3-mlrd-dollar-48192295.html
O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Laziz Kudratov va Nuruddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markaziga tashrif buyurdi.
2025-03-02T10:31+0500
2025-03-02T10:31+0500
2025-03-02T10:31+0500
siyosat
o‘zbekiston
afg‘oniston
savdo
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
laziz qudratov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/02/48191694_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7f45b3e882084bbaa7eaab58b3a2b3c1.jpg
TOShKENT, 2-mart — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston savdo vaziri Nuruddin Aziziy bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.Laziz Kudratov va Nuruddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markaziga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Aytilishicha, savdo bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqildi.Tashrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkor ishtirokida B2B muzokaralari tashkil etildi. Unda ishbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250224/ozbekiston-afgonistonda-hayraton-hirot-temir-yoli-loyihasini-amalga-oshiradi-48098601.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/02/48191694_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b720eac59a7b5f74569860dd52489ab6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
laziz kudratov afg‘oniston savdo vaziri nuruddin aziziy
laziz kudratov afg‘oniston savdo vaziri nuruddin aziziy
O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Laziz Kudratov Afg‘oniston savdo vaziri Nuruddin Aziziy bilan uchrashdi.
TOShKENT, 2-mart — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston savdo vaziri Nuruddin Aziziy bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati. Laziz Kudratov va Nuruddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markaziga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Suhbat davomida o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, savdo bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Tashrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkor ishtirokida B2B muzokaralari tashkil etildi. Unda ishbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lishdi.