Hindistonda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi — tafsilotlar

© Air India/Gail HanusaAir-India-B777-300ER
Air-India-B777-300ER - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2025
Obuna bo‘lish
Boeing 787 Dreamliner balandlikka ko‘tarila olmadi va parvozdan bir necha soniya o‘tgach qulab tushdi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Hindistonning Gujarat shtatida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, uning bortida 242 kishi - 230 yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Halokat paytida hech kim omon qolmadi, dedi Ahmadobod politsiyasi komissari Ganendra Singx Malik.
Ahmadobod shahri aeroporti yaqinida Air India’ning Londonga uchayotgan Boeing 787 Dreamliner samolyoti halokatga uchradi. Xorij OAVlariga ko‘ra, samolyot Ahmadoboddan Londonga AI171 reysini amalga oshirgan. U balandlikka ko‘tarila olmadi va parvozdan bir necha soniya o‘tgach qulab tushdi.
© AP Photo / Ajit SolankiKrushenie samoleta v Indii
Krushenie samoleta v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2025
Krushenie samoleta v Indii
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Boeing Megani Nagar tumanida Sardar Vallabxay Patel nomidagi aeroport yaqinida qulab tushdi, vayronalar turar-joy binolariga tegdi;
Samolyotda 169 nafar Hindiston, 53 nafar Buyuk Britaniya, 1 nafar Kanada va 7 nafar Portugaliya fuqarolari bo‘lgan;
Samolyotning maksimal balandligi 190 metrga yetdi, keyin u vertikal tezlik bilan pasayishni boshladi - daqiqasiga 144 metr;
Air India tafsilotlarni aniqlashtirmoqda va tez orada yangi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
20 ga yaqin tez tibbiy yordam mashinasi halokat joyiga yetib borgan;
Hokimiyat favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joy atrofidagi yo‘llarni to‘sib qo‘ydi, qutqaruv ishlari boshlandi;
Ahmadobod aeroporti parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.
Yangiliklar lentasi
0