https://oz.sputniknews.uz/20250611/ozbekiston-suniy-intellekt-yangi-ish-49857830.html
O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratadi — tafsilotlar
O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratadi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonning sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi. 11.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-11T20:14+0500
2025-06-11T20:14+0500
2025-06-11T20:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
sun’iy intellekt
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/18/47676420_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_d76b87ed6000007ba9d7b18f6cc997aa.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston 2030-yilga borib sun’iy intellekt sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Toshkent investitsiya forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Toshkent investitsiya forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos O‘zbekistonning sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilga borib mamlakat sun’iy intellekt sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratish va shuncha yosh mutaxassisni o‘qitish niyatida. Shu maqsadda aistudy.uz ta’lim platformasi ishga tushirildi, unda allaqachon "One Million Uzbek Promters" bepul kurslari mavjud — neyron tarmoqlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va hayotda va ishda sun’iy intellektdan foydalanish haqida. Shuningdek, u O‘zbekistonda IT-park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari 2040-yilgacha uzaytirilganini ma’lum qildi. Kompaniyalar korporativ va ijtimoiy soliqdan ozod qilingan, dividendlarni yechib olish stavkasi 5 foizni, xodimlar uchun daromad solig‘i 7,5 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, rezidentlikni olish uchun yo‘nalishlar ro‘yxati kengaytirildi: endi u chet tillarini o‘rganish, BPO va KPO xizmatlari, IT-ta’lim va loyihalashni o‘z ichiga oladi. Uch yillik IT-vizaning amal qilish muddati ham uzaytirildi, undan nafaqat mutaxassislar, balki olimlar, shu jumladan PhD darajasiga ega bo‘lganlar ham foydalanishlari mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20250319/kichik-biznes-120-trillion-48479079.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/18/47676420_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_eefbd40d0edad9a300b25c708085aa55.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari (it)
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari (it)
O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratadi — tafsilotlar
Eksklyuziv
Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonning sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston 2030-yilga borib sun’iy intellekt sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Toshkent investitsiya forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkent investitsiya forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos O‘zbekistonning sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini taqdim etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilga borib mamlakat sun’iy intellekt sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratish va shuncha yosh mutaxassisni o‘qitish niyatida. Shu maqsadda aistudy.uz ta’lim platformasi ishga tushirildi, unda allaqachon "One Million Uzbek Promters" bepul kurslari mavjud — neyron tarmoqlar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va hayotda va ishda sun’iy intellektdan foydalanish haqida.
"Biz iqtisodiyot va ijtimoiy soha uchun sun’iy intellektning ulkan salohiyatini ko‘rmoqdamiz. Asosiysi, sun’iy intellekt odamlarga foyda keltirishi kerak. Ijtimoiy yo‘nalishlarda u bepul bo‘lib qolishi kerak", — deya ta’kidladi Pekos.
Shuningdek, u O‘zbekistonda IT-park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari 2040-yilgacha uzaytirilganini ma’lum qildi. Kompaniyalar korporativ va ijtimoiy soliqdan ozod qilingan, dividendlarni yechib olish stavkasi 5 foizni, xodimlar uchun daromad solig‘i 7,5 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, rezidentlikni olish uchun yo‘nalishlar ro‘yxati kengaytirildi: endi u chet tillarini o‘rganish, BPO va KPO xizmatlari, IT-ta’lim va loyihalashni o‘z ichiga oladi. Uch yillik IT-vizaning amal qilish muddati ham uzaytirildi, undan nafaqat mutaxassislar, balki olimlar, shu jumladan PhD darajasiga ega bo‘lganlar ham foydalanishlari mumkin.
"Ushbu shart-sharoitlar investitsiyalar uchun prognoz qilinadigan, qulay muhit yaratadi. O‘quv markazlari, yosh mutaxassislar ko‘payib borayotganini ko‘rapmiz. So‘nggi yillarning o‘zida IT-parklar rezidentlari soni 600 nafardan oshdi", — dedi Pekos.