https://oz.sputniknews.uz/20250422/ozbekiston-xorij-investitsiya-48986411.html
Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: O‘zbekiston 42 mlrd dollarga teng investitsiya jalb etmoqchi
Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: O‘zbekiston 42 mlrd dollarga teng investitsiya jalb etmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi yarim yillik yakuni bilan 18 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda. 22.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-22T10:12+0500
2025-04-22T10:12+0500
2025-04-22T10:12+0500
iqtisod
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/16/48986517_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c8597aa9623152eea4648554aa4e7152.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston bu yil 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan investitsiya sohasida joriy yil birinchi chorakda qilingan ishlar hamda navbatdagi asosiy vazifalar bo‘yicha axborotda ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, shu yil birinchi chorakda 8 milliard 700 million dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 20 foizga o‘sdi. Bu mablag‘lar evaziga energetika, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda ko‘plab muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunda qo‘shilgan qiymat va ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birinchi yarim yillik yakuni bilan 18 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, hozirgi kunda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir investor bilan yaqindan ishlab, xorijiy sarmoyalar samaradorligini oshirish zarur. Eng asosiysi – yangi investitsiya loyihalarini tezroq ishga tushirib, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish hamda yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish muhimligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250122/ozbekiston-markaziy-osiyo-mamlakatlar-investitsiya-47656771.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/16/48986517_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f5c71fbc9c0177c528f7716b0ccd6635.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, investitsiya
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, investitsiya
Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: O‘zbekiston 42 mlrd dollarga teng investitsiya jalb etmoqchi
Birinchi yarim yillik yakuni bilan 18 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston bu yil 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan investitsiya sohasida joriy yil birinchi chorakda qilingan ishlar hamda navbatdagi asosiy vazifalar bo‘yicha axborotda
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, shu yil birinchi chorakda 8 milliard 700 million dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 20 foizga o‘sdi.
Bu mablag‘lar evaziga energetika, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda ko‘plab muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunda qo‘shilgan qiymat va ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Birinchi yarim yillik yakuni bilan 18 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda.
“Umuman, 2025-yilda 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilishi, 81 ta yirik, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir investor bilan yaqindan ishlab, xorijiy sarmoyalar samaradorligini oshirish zarur.
Eng asosiysi – yangi investitsiya loyihalarini tezroq ishga tushirib, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish hamda yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish muhimligi qayd etildi.