BRIKS banki O‘zbekistonga milliy maqsadlarga erishishda yordam bermoqchi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSammit BRIKS v YuAR
Sammit BRIKS v YuAR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2025
Obuna bo‘lish
Dilma Rusef: hamma uchun yagona rivojlanish yo‘li mavjud emas. Har bir muvaffaqiyat hikoyasining o‘z yo‘li bor.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. BRIKS Yangi taraqqiyot banki O‘zbekistonga milliy maqsadlarga erishishda yordam berishga tayyor. Bu haqda bank rahbari Dilma Rusef IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Dilma Rusefning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoga Xitoy, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi xab sifatida qaraladi. Chunki tarixan bu yer o‘ziga xos bozor bo‘lgan.

“Biz bu yerda yaxshi o‘sish tendensiyalarini ko‘rmoqdamiz. O‘zbekiston ham milliy, ham xalqaro strategiyalarni yaxshi amalga oshirmoqda va 2030-yilga borib o‘rta va yuqori daromadli mamlakatga aylanishga intilmoqda. Biz bu yerda inson kapitaliga investitsiyalarni ko‘rmoqdamiz. Turli sohalarni raqamlashtirish ham jadal davom etmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda nafaqat aholi soni o‘sib borayotgan, balki iqtisodiy jihatdan ham rivojlanayotgan, zamonaviy texnologik taraqqiyot asoslariga boy mamlakat hisoblanadi. Shu bois bu yerda investitsiya va iqtisodiy hamkorlik uchun imkoniyatlar mavjud”, — dedi Rusef.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan birga texnologik bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qilmoqda.

“Bu yerga investitsiya kiritib, faqat xomashyo bilan cheklanib qolmaslik kerak. Endi ko‘rapmizki, dunyo yangi texnologiyalarning iste’molchisiga aylanmoqda. O‘z iqtisodiyotini yuqori texnologiyali iqtisodiyotga aylantira olgan davlatlar xalqaro hamkorlikni ham kuchaytirdi. Biz integratsiyani yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Hech bir mamlakat yakka holda rivojlana olmaydi. Qo‘shni mamlakatlar bilan va global miqyosda hamkorlikni mustahkamlash strategik maqsad bo‘lishi kerak. O‘zbekiston yaqqol misol, chunki ular shu yo‘lni tanlagan. Ularning hamkorlikka intilishini ko‘rapmiz”, — deya aniqlik kiritdi BRIKS Yangi taraqqiyot banki.

Uning aytishicha, turli sohalarda hamkorlik qilish zarur: iqtisodiy, moliyaviy, texnologik, institutsional. Bunday hamkorlikka intilish ham Yangi taraqqiyot bankining asosiy vazifalaridan biridir.

“Biz mamlakatlar suverenitetini hurmat qilgan holda, rivojlanishning turli bosqichlari, darajalari va sur’atlari asosida hamkorlikni amalga oshirishga intilamiz. Aynan shuning uchun biz sizning ishonchli hamkoringiz bo‘la olamiz. Biz yosh bankmiz. Bizda bor-yo‘g‘i 10-yillik tarix bor. Bizda iqtisodiyotning turli sohalarida ishlanmalar mavjud: suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, logistika, aeroportlar, avtomobil yo‘llari, shaharsozlik, raqamli rivojlanish, sun’iy intellekt va boshqalar. Karbonsizlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish ham ustuvor vazifalarimizdan”, — dedi Rusef.

Qayd etilishicha, qurg‘oqchilik, suv tanqisligi ham doimiy investitsiyalarni talab qiladi. Energetikaga o‘tish jarayonlari ham bankning ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi. Bu borada mahalliy imkoniyatlar, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish juda muhim.

“Bankimiz milliy banklar bilan ishlashga tayyor. Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklikni ham qo‘llab-quvvatlaymiz. Markaziy Osiyo va BRIKS mamlakatlari hamkorlik uchun katta salohiyatga ega. BRIKS va O‘zbekiston, masalan, sun’iy intellekt, biotexnologiyalar, quyosh batareyalari, sog‘liqni saqlash, suv ta’minoti sohalarida hamkorlik qilishi mumkin. Bankimiz o‘z salohiyatini qo‘shma bilimlar yaratishga yo‘naltirmoqda. Biz bunga kapital sifatida qaraymiz. Biz malakali ishchi kuchi, yaxshi boshqaruv, to‘g‘ri muhit, hukumat, akademik doiralar va ilm-fanni birlashtirgan infratuzilmani ilgari suramiz”, — deya qayd etdi Dilma Rusef.

Uning aytishicha, hamma uchun yagona rivojlanish yo‘li mavjud emas. Har bir muvaffaqiyat hikoyasining o‘z yo‘li bor. Ushbu sohalardagi hamkorlik tufayli bank O‘zbekistonga milliy maqsadlarga erishishda yordam berishga tayyor ekani ta’kidlandi.
BRIKS — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikaning davlatlararo birlashmasi. BRIKS bo‘yicha hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va o‘zaro hurmat, shuningdek, ochiqlik, pragmatizm, birdamlik, uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmaslik tamoyillari asosida quriladi. BRIKS faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri - dunyoda global xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga ko‘maklashish.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta Novogo banka razvitiya BRIKS Dilmu Rusef - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2025
Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0