O‘zbekiston va Bolgariya hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbekistan i Bolgariya budut rasshirat vzaimovigodnoe sotrudnichestvo

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzolashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbekistan i Bolgariya budut rasshirat vzaimovigodnoe sotrudnichestvo

Uzbekistan i Bolgariya budut rasshirat vzaimovigodnoe sotrudnichestvo
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim almashildi”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbekistan i Bolgariya budut rasshirat vzaimovigodnoe sotrudnichestvo

Uzbekistan i Bolgariya budut rasshirat vzaimovigodnoe sotrudnichestvo
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralarda quyidagilar ma’lum qilindi:
parlamentlar, iqtisodiyot va tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi;
tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, kooperatsiyaning yangi yo‘nalishlari va loyihalari ishlab chiqilmoqda;
gumanitar almashinuvlar amalga oshirilmoqda, Buxoro va Varna, Samarqand va Plovdiv o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatilgan;
savdoni, eng avvalo, to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, metall buyumlar va texnologik uskunalar yetkazib berishni kengaytirish orqali ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi;
o‘zaro savdoning o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida poytaxtlarda savdo uylari ochish, laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish va imtiyozli kredit liniyalari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi;
agrosanoat majmui va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, geologiya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va IT, turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Respubliki Bolgariya Rumenom Radevim s uchastiyem ofitsialnix delegatsiy.

V rezidensii "Kuksaroy" sostoyalis peregovori prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Respubliki Bolgariya Rumenom Radevim s uchastiyem ofitsialnix delegatsiy.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Samarali yerusti va havo transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu ma’noda, tomonlar ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar”, — deyilgan matbuot xabarida.
Ikki mamlakat o‘rtasida quyidagilarni amalga oshirishga kelishib olindi:
mehnat resurslari sohasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Sofiya shahrida O‘zbekiston Migratsiya agentligining vakolatxonasini ochish masalasi ko‘rib chiqiladi.
gumanitar aloqalarni, shu jumladan, akademik va ilmiy almashinuvlarni faollashtirish, joriy yilda Andijon shahrida yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
shuningdek, kelgusi yilda O‘zbekiston va Bolgariya madaniyati va kinosi haftaligini tashkil etishga kelishib olindi.
Aytilishicha, erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni ta’minlash maqsadida qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish va Hukumatlararo komissiya hamraislari darajasini oshirish, uning ishiga hududlar va yirik kompaniyalar rahbarlari jalb etiladi.
Rumen Radev Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Bolgariyaga borishga taklif etdi.