Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vmeste s shirokoy obshestvennostyu prinyal uchastie v seremonii iftara v gorode Tashkente.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vmeste s shirokoy obshestvennostyu prinyal uchastie v seremonii iftara v gorode Tashkente.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2025
Obuna bo‘lish
Prezident xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan vatandoshlarni ham bugungi ulug‘ ayyom bilan chin dildan qutlab, ularga sog‘lik-omonlik, baxt va omad tiladi. Shuningdek, jahonning uzoq-yaqin o‘lkalaridagi musulmon ummatini ham tabrikladi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni, barcha mo‘min-musulmon yurtdoshlarimizni, butun xalqimizni ulug‘ va mo‘’tabar ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman”, - deyiladi tabrikda.
Tabrikda qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda turli millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, vijdon erkinligini ta’minlash, diniy-ma’rifiy merosni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
“Bu haqda so‘z yuritganda, islom dinining ezgu tamoyillarini chuqur o‘rganish, buyuk tariximiz va madaniyatimiz durdonalarini, mashhur allomalarimizning boy merosini to‘plash va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlash lozim. Jumladan, ko‘hna Sharq mo‘’jizasi – Samarqand shahri 2025-yilda islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilindi, ulug‘ vatandoshimiz Imom Moturidiyning 1155-yillik tavallud sanasi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari qatoriga, shu yil Buxoro shahrida o‘z faoliyatini boshlaydigan Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi ham qo‘shildi”, - deydi prezident.
Ta’kidlanishicha, 15 ming nafar o‘zbekistonlik muqaddas haj ziyoratini ado etmoqda.
“Umid qilamizki, muhtaram hojilarimiz jamiyatimizda birdamlik, oila va mahallalarimizda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarimiz tarbiyasini kuchaytirish, ularni ilm-ma’rifatga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga, Vatan himoyachisi bo‘lishga targ‘ib etish, muhtoj insonlarga ko‘mak berishda alohida ibrat va namuna ko‘rsatadilar”, - deyiladi tabrikda.
Prezident xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan vatandoshlarni ham bugungi ulug‘ ayyom bilan chin dildan qutlab, ularga sog‘lik-omonlik, baxt va omad tiladi.
Shuningdek, jahonning uzoq-yaqin o‘lkalaridagi musulmon ummatini ham tabriklab, ularning xalqlari va mamlakatlariga tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi.
“Hozirgi kunda dunyo naqadar murakkab va tahlikali bo‘lib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Bunday keskin sharoitda yurtimizda tinchlik, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini saqlab, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib ko‘zlagan yuksak maqsadlarimizga yeta olamiz. Albatta, o‘z tarixida ne-ne sinov va mashaqqatlardan munosib o‘tgan mard va olijanob xalqimiz bunga har tomonlama qodir. Bu yo‘lda el-yurtimizga mansub mehr-oqibat, o‘zaro birlik va jipslik biz uchun beqiyos kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman”, - deydi Mirziyoyev.
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
Ichki turizm: Qurbon hayiti bayramiga chegirmalar e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0