Ichki turizm: Qurbon hayiti bayramiga chegirmalar e’lon qilindi

© Sputnik / Baxrom XatamovTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
Obuna bo‘lish
100 dan ortiq mehmonxonalar chegirma e’lon qildi, ayrimlar uchun ziyoratgohlarga kirish bepul bo‘ladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 6-8 iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Demak, respublika bo‘ylab hududlarda faoliyat olib borayotgan 135 ta mehmonxona va xostellar o‘z xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etdi. Ular 5 foizdan 58 foizgachani tashkil etadi.
Shuningdek, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik ziyoratgohlarga chegirmalar beriladi. Unga ko‘ra, Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor va yoshi katta fuqarolar va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul bo‘ladi.
Kirish bepul bo‘lgan ziyoratgohlar:
Toshkentdagi “Hazrati Imom” majmuasidagi “Mo‘yi Muborak” ziyoratgohi;
Samarqand shahridagi “Shohi zinda” yodgorlik majmuasi, “Xo‘ja Doniyor” majmuasi, Al Motrudiy muzeyi;
Samarqand viloyatidagi “Chorchinor” ziyoratgohi;
Xiva shahridagi “Pahlavon Mahmud” maqbarasi, Sayid Alovuddin pir muzeyi.
Yangiliklar lentasi
0