AQSh O‘zbekiston suv resurslariga qiziqish bildirmoqda
© Sputnik / Sputnik / Baxrom XatamovOroshenie ili irrigatsiya — podvod vodi na polya

© Sputnik / Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
AQSh tomonidan tabiiy resurslar uchun mintaqaviy raqobatdan, siyosiy bosim dastagi sifatida foydalanish istagi bilan bog‘liq - ekspert.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. AQSh Geologiya xizmati O‘zbekistondagi darolarning suv rejimini o‘rganish uchun pudratchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda RT.
E’lon qilingan tender shartlariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti tarkibiga kiruvchi Geologiya xizmati O‘zbekistonda ikkita loyihani amalga oshirish uchun pudratchilar izlamoqda.
E’lon qilingan tender shartlariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti tarkibiga kiruvchi Geologiya xizmati O‘zbekistonda ikkita loyihani amalga oshirish uchun pudratchilar izlamoqda.
1.
Birinchisi – “O‘zbekiston yer usti suvlari va qor qoplami tahlili” va ushbu mavzuda raqamli axborot bazasi yaratishni nazarda tutadi. Aytilishicha, loyiha “sel oqimlari xavfini baholashga qaratilgan”.2.
Ikkinchi loyiha — Qashqadaryo darosi qaysi manbaalardan to‘yinishi, jarayonning mavsumiy dinamikasini o‘rganishga qaratilgan.Hujjatda aytilishiga ko‘ra, ushbu ikki loyiha ham “O‘zbekiston hukumatining suv manbaalarini baholash bo‘yicha ilmiy-texnik salohiyatini oshirishga” qaratilgan.
Dastur davomida O‘zbekiston olimlari va muhandislari, shuningdek, universitet talabalari AQSh Geologiya xizmatining gidrologik tadqiqotlar bo‘yicha faoliyati, jumladan, tadqiqot rejalarini ishlab chiqish, namunalar yig‘ish, ma’lumotlarni sharhlash va nashr etish bo‘yicha faoliyati bilan tanishishi kerak.
Loyihani 2026-yilning may oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Loyihani 2026-yilning may oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Markaziy Osiyoda suv resurslariga kirish muammosi juda keskin va AQSh Rossiya va Xitoyni jilovlash strategiyasining bir qismi sifatida vaziyatdan foydalanib, mintaqada yangi ta’sir o‘tkazgichlarini qo‘lga kiritishi mumkin, dedi RTga bergan intervyusida Xalqaro gumanitar va siyosiy tadqiqotlar instituti eksperti Vladimir Bruter.
"Amerikaliklar Markaziy Osiyodagi suv muammosidan o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun dastak sifatida foydalanishga harakat qiladi. Mintaqaning gidrologik muammolarini dastlabki o‘rganish har doim Amerika diplomatiyasi poyezdiga ergashadigan amerikalik ishbilarmonlarning "qo‘nishi” uchun debochasi bo‘lishi mumkin", deb tushuntiradi ekspert.
Bruterga ko‘ra, har qanday ziddiyatdan, ayniqsa, Markaziy Osiyo kabi murakkab mintaqada Vashington “o‘z ta’sirini o‘tkazish va geosiyosiy raqiblar uchun noqulaylik yaratish” uchun foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq USAID fondi Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanalini yashirin tarzda moliyalashtirib kelgani ma’lum bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq USAID fondi Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanalini yashirin tarzda moliyalashtirib kelgani ma’lum bo‘lgan edi.