Isitish mavsumida 1,2 million oilaga moddiy yordam berildi — Ijtimoiy himoya agentligi

© Sputnik / Baxrom XatamovDevushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2025
Obuna bo‘lish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2024-yilning noyabr oyida 1,1 mlnta oilaga 290 mlrd so‘m – bir martalik 270 ming so‘m yordam to‘lab berildi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. 2024-2025 yilgi isitish mavsumida 1,2 million oilaga 313,6 mlrd so‘m bir martalik moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu energetika tariflari islohotlarining kam ta’minlangan oilalarga ta’sirini yumshatish maqsadida amalga oshirildi.
Agentlik tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2024-yilning noyabr oyida 1,1 mlnta oilaga 290 mlrd so‘m – bir martalik 270 ming so‘m yordam to‘lab berildi. Bu ijtimoiy reyestrdagi 950 ming oila va mahalla yettiligining 15 foizgacha qo‘shimcha ro‘yxati asosida to‘lab berildi.
Shuningdek, isitish mavsumida tabiiy gaz va elektr quvvatining bazaviy meyor doirasidagi hamda bazaviy meyordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq uchun 207 962 nafar oilalarga 23,3 mlrd. so‘m kompensatsiya to‘lovlari ajratildi.
Kompensatsiya va moddiy yordam ajratishda ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar:
Farg‘ona viloyatida 40,6 mlrd. so‘m;
Qashqadaryo viloyatida 37,3 mlrd. so‘m;
Namangan viloyatida 35,2 mlrd. so‘m yordamlar ajratilgan.
Qayd etilishicha, ushbu yordamlar oilalarning elektr va tabiiy gaz resurslaridan foydalanganlikdagi xarajatlarini kamaytirishga hamda moliyaviy muammolarni kamaytirishga yordam beradi.
Proxojie s rebenkom v sentre Tashkenta.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2025
Kambag‘al oilalar "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratiladi — yangi farmon
Yangiliklar lentasi
0