Kambag‘al oilalar "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratiladi — yangi farmon

© Sputnik / Ilya PitalevProxojie s rebenkom v sentre Tashkenta.
Proxojie s rebenkom v sentre Tashkenta.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2025
Obuna bo‘lish
Yangi farmonga ko‘ra, ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda kambag‘al oilalar qizil, sariq va yashil toifalarga ajratiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 15-maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.
“Qizil” toifaga oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va qator mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi.
a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.
“Sariq” toifaga oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda a’zolari sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar kiritiladi.
“Yashil” toifaga esa, oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan va bir qator mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi.
oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo‘lsa;
Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar uchun belgilangan imtiyozlar Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi, 2026-yil 1-yanvardan esa faqat Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ko‘rsatiladi.
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun boj, yig‘im va boshqa to‘lovlarni to‘lashda “sariq” toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorida chegirmalar qo‘llaniladi;
kambag‘al oilalar “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga o‘tganda ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari keyingi 12 oy muddatga saqlab qolinadi;
“qizil” toifaga kiritilgan oilalarga belgilangan passiv daromad keltiruvchi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi.
Ushbu reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga ijtimoiy xizmat va yordamlar oilalar kambag‘al deb e’tirof etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki shaxsning kambag‘al deb e’tirof etilgan oilaning a’zosi ekani haqidagi ma’lumotnoma asosida ko‘rsatiladi.

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.
2025 yil 1-sentabrdan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag‘al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi.
2026 yil 1-yanvardan kambag‘al oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag‘al oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2025
Endi ayrim talaba-qizlar maxsus stipendiya olishlari mumkin — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0