Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlik Yevroosiyoda logistikani rivojlantiradi — YeIK vaziri

© YeEK Arzibek Kojoshev: "Effektivnoe vzaimodeystvie YeAES i ASEAN – drayver razvitiya logistiki v Yevrazii"
Arzibek Kojoshev: Effektivnoe vzaimodeystvie YeAES i ASEAN – drayver razvitiya logistiki v Yevrazii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2025
Obuna bo‘lish
YeOII va ASEAN mamlakatlari o‘ziga xos geografik va geoiqtisodiy mavqega, yuqori tranzit va sanoat salohiyatiga ega, dedi Arzibek Kojoshev.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va ASEAN o‘rtasidagi samarali hamkorlik Yevroosiyoda logistikani rivojlantirish uchun harakatlantiruvchi omil, dedi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev.
YeIKning Moskvadagi shtab-kvartirasi va Jakartadagi ASEAN kotibiyati o‘rtasida teleko‘prik rejimida tadbir bo‘lib o‘tdi.
“YeOII va ASEAN mamlakatlari o‘ziga xos geografik va geoiqtisodiy mavqega, yuqori tranzit va sanoat salohiyatiga ega. Janubi-Sharqiy Osiyoning jadal rivojlanayotgan bozorlari hamda transport va logistika ta’minotidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, logistika xablarini yaratish, transport yo‘laklari va multimodal transportni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim vazifa hisoblanadi”, — dedi Arzibek Kojoshev.
Seminar ishtirokchilari integratsiya birlashmalarida transport sohasini tartibga solishning institutsional asoslari, integratsiya jarayonlarining zamonaviy tendensiyalari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etdilar hamda transport sohasini raqamlashtirish, infratuzilma va logistikani rivojlantirishning natijalari va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Simvolika YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2025
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya va Vyetnam YeOII va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi
Yangiliklar lentasi
0