Shavkat Mirziyoyev Li Chje Monni tabriklab, O‘zbekistonga taklif etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Respubliki Sloveniya Robert Golob podpisali Sovmestnoe zayavlenie
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Respubliki Sloveniya Robert Golob podpisali Sovmestnoe zayavlenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Janubiy Koreyaning yangi prezidentiga maktub yo‘lladi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Monni ushbu lavozimga saylangani bilan tabrikladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi o‘z maktubida Li Chje Mon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yanada o‘sishiga, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
"Biz Koreya Respublikasi bilan do‘stona va keng qamrovli aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratamiz. Aminmanki, Sizning Prezidentlik davringizda alohida strategik sheriklik munosabatlarimiz barcha ustuvor sohalarda jadal rivojlanadi", — deyiladi maktubda.
Prezident mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Li Chje Monni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Dosrochnie vibori prezidenta v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2025
Li Chje Mon Janubiy Koreya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi
Yangiliklar lentasi
0