Li Chje Mon Janubiy Koreya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi

© Sputnik / Li San Xon / Mediabankka o‘tishDosrochnie vibori prezidenta v Yujnoy Koree
Dosrochnie vibori prezidenta v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2025
Obuna bo‘lish
Yangi saylangan prezident rasman besh yillik vakolatlarini bajarishga kirishdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Demokratik partiyadan nomzod Li Chje Mon Janubiy Koreya prezidenti saylovida 100 foiz ovozlarni qayta ishlash natijalariga ko‘ra g‘alaba qozondi. Bu haqda RIA Novosti Koreya Markaziy saylov komissiyasisiga tayanib, xabar berdi.
Li Chje Mon 49,42 foiz, uning "Fuqarolik kuchlari"dagi raqibi Kim Mun Su 41,15 foiz, Islohotlar partiyasidan Li Chjun Sok 8,34 foiz ovoz oldi. Mehnat demokratik partiyasidan Kvon Yon Guk 0,98 foiz, mustaqil nomzod Son Chjin Xo esa 0,1 foiz ovoz oldi.
Janubiy Koreya OAViga ko‘ra, yangi prezident inauguratsiya marosimidagi nutqida AQSh bilan ittifoq mustahkamligini ta’kidlab, AQSh va Yaponiya bilan hamkorlikni kuchaytirishga va’da berdi. Shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarga milliy manfaat va pragmatizm nuqtayi nazaridan yondashamiz, deb aytdi.
Li Chje Mon Markaziy saylov komissiyasi chorshanba kuni uning saylovdagi g‘alabasini tasdiqlaganidan so‘ng rasman besh yillik vakolatlarini bajarishga kirishdi. U mamlakatning avvalgi rahbari impichmenti tufayli o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylovlar natijasida saylanganligi sababli o‘tish davrisiz darhol lavozimga kirishdi.
Yangiliklar lentasi
0