O‘zbekistonda may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oshdi

Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashgan.
Iste’mol sektoridagi narxlar 2025-yilning may oyida yillik INI 108,7 foizni tashkil etib, joriy yilning aprel oyiga (110,1%) nisbatan 1,4 foiz bandga pasaydi.
2025 yilning may oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8% ga pasaydi, nooziq-ovqat tovarlari 1,7% ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 5,9% ga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0