https://oz.sputniknews.uz/20250602/eoii-suniy-intellekt-qonunchilik-49657599.html
YeOII mamlakatlari sun’iy intellektdan foydalanishga oid qonunchilik ustida ish olib bormoqda
YeOII mamlakatlari sun’iy intellektdan foydalanishga oid qonunchilik ustida ish olib bormoqda
Sputnik O‘zbekiston
Baxit Sultanov sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarlarga nisbatan huquq va javobgarlik chegaralari haqida ma’lumot berdi. 02.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-02T12:16+0500
2025-06-02T12:16+0500
2025-06-02T12:16+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
sun’iy intellekt
yeoii
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/18/47676420_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_d76b87ed6000007ba9d7b18f6cc997aa.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Sun’iy intellektdan foydalanish va huquq egalarining huquqlarini himoya qilish o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatini saqlash muhim. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning iqtisodiyot va moliyaviy siyosat vaziri Baxit Sultanov ma’lum qildi.Baxit Sultanov Ostona bo‘lib o‘tgan xalqaro forumida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari iqtisodiyotining turli tarmoqlariga sun’iy intellektni joriy etish bilan bog‘liq imkoniyatlar va xatarlar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarlarga nisbatan huquq va javobgarlik chegaralari haqida ma’lumot berdi.U mualliflikni aniqlashning murakkabligi, shuningdek, ilmiy va innovatsion faoliyatda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni tartibga solish uchun aniq qoidalar va meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.Uning aytishicha, ushbu sohada xalqaro standartlar va kelishilgan yondashuvlarni shakllantirish muhim, YeOII mamlakatlari milliy qonunchilik tashabbuslarini yaratish ustida faol ish olib bormoqda. Masalan, Qozog‘iston sun’iy intellektni rivojlantirishning 2024 - 2029-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini qabul qildi, Belarus sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqmoqda, Rossiyada esa 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya amalga oshirilmoqda.Vazir sun’iy intellekt yordamida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari jahon hamjamiyatida keng muhokama qilinayotganiga e’tibor qaratdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250529/suniy-intellekt-huquqshunos-rossiya-adliya-vazir-49591253.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/18/47676420_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_eefbd40d0edad9a300b25c708085aa55.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, sun’iy intellekt, yeoii, yeik
iqtisod, sun’iy intellekt, yeoii, yeik
YeOII mamlakatlari sun’iy intellektdan foydalanishga oid qonunchilik ustida ish olib bormoqda
Baxit Sultanov sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarlarga nisbatan huquq va javobgarlik chegaralari haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Sun’iy intellektdan foydalanish va huquq egalarining huquqlarini himoya qilish o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatini saqlash muhim. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning iqtisodiyot va moliyaviy siyosat vaziri Baxit Sultanov
ma’lum qildi. Baxit Sultanov Ostona bo‘lib o‘tgan xalqaro forumida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari iqtisodiyotining turli tarmoqlariga sun’iy intellektni joriy etish bilan bog‘liq imkoniyatlar va xatarlar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarlarga nisbatan huquq va javobgarlik chegaralari haqida ma’lumot berdi.
U mualliflikni aniqlashning murakkabligi, shuningdek, ilmiy va innovatsion faoliyatda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni tartibga solish uchun aniq qoidalar va meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Uning aytishicha, ushbu sohada xalqaro standartlar va kelishilgan yondashuvlarni shakllantirish muhim, YeOII mamlakatlari milliy qonunchilik tashabbuslarini yaratish ustida faol ish olib bormoqda. Masalan, Qozog‘iston sun’iy intellektni rivojlantirishning 2024 - 2029-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini qabul qildi, Belarus sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqmoqda, Rossiyada esa 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya amalga oshirilmoqda.
Vazir sun’iy intellekt yordamida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari jahon hamjamiyatida keng muhokama qilinayotganiga e’tibor qaratdi.
“Yevroosiyo integratsiya birlashmasi doirasida "Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li" deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasi ishlab chiqilmoqda, u bunday obyektlarni huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha mumkin bo‘lgan yondashuvlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan foydalanish va huquq egalarining huquqlarini himoya qilish o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatini saqlash muhimdir", — dedi Baxit Sultanov.