Sun’iy intellekt huquqshunoslar o‘rnini egallay oladimi — Rossiya adliya vaziri javobi

© Ministerstvo yustitsii Rossiyskoy FederatsiiMinistr yustitsii Rossii Konstantin Chuychenko
Ministr yustitsii Rossii Konstantin Chuychenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiya adliya vaziri yangi texnologiyalar davrida huquqshunosning vazifasi qanday bo‘lishi kerakligini aytdi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Hujjat almashish muddati oylar bilan emas, soatlar bilan o‘lchanishi kerak. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IV Xalqaro yuridik forumida Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko ma’lum qildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IV Xalqaro yuridik forum doirasida Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko xalqaro hamkorlikda, ayniqsa, MDH doirasida va O‘zbekiston ishtirokida hujjatlar almashinuvini jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.

"Qog‘ozbozlikka mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hujjat almashish muddati oylar bilan emas, soatlar bilan o‘lchanishi kerak. Biz O‘zbekiston Respublikasining MDH maydonida huquqiy yordamni raqamlashtirish bo‘yicha tashabbusini yuqori baholaymiz va bu ishga YeOIIning integratsiyalashgan axborot tizimini ulashni muhim deb hisoblaymiz”, — dedi Rossiya vaziri.

Chuychenkoning fikricha, sun’iy intellekt huquqshunoslarning o‘rnini bosmaydi, kasbning ijodiy va axloqiy tarkibiy qismi muhim.

"Raqamlashtirish jarayonlari haqida uzoq gapirish mumkin, biroq savol tug‘ilishi tabiiy, mashina tirik yuristlar o‘rnini bosadigan darajaga yetib boramizmi? Ehtimol, lekin qisman", — dedi Chuychenko.

Uning ta’kidlashicha, raqamli yechimlar odatiy vazifalarda samarali, biroq hatto eng ilg‘or sun’iy intellekt ham o‘rganishga asoslangan bo‘lib, huquqshunoslarga xos bo‘lgan ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va axloqiy baholashning tutqich bermas elementi o‘rnini bosa olmaydi.

"Hayot o‘zgarmoqda, ijtimoiy munosabatlar o‘zgarmoqda va bizning vazifamiz huquq normalarini yaratish, yangi ma’nolarni izlash va adolatga erishish, odamlar bilan va odamlar uchun ishlashdir. Buni kompyuter o‘rgata olmaydi. Shuning uchun yangi texnologiyalar davrida huquqshunosning vazifasi — inson qiyofasida bo‘lgan huquqni saqlab qolmoq", — deya ta’kidladi Rossiya adliya vaziri.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda "Tashkent Law Spring" IV Xalqaro yuridik forumi ish boshladi. Tadbir mavzusi — "Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar". Forum 40 ta mamlakatdan mingdan ortiq ishtirokchilarni, jumladan, huquqshunoslar, IT-mutaxassislar, olimlar va biznes ekspertlarini jamladi. Dasturda raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikning huquqiy jihatlariga bag‘ishlangan 20 tadan ortiq sessiya va 120 nafar ma’ruzachining chiqishlari o‘rin olgan.
V Tashkente startoval IV Mejdunarodniy yuridicheskiy forum Tashkent Law Spring - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2025
Toshkentda "Tashkent Law Spring" IV Xalqaro yuridik forumi ish boshladi
Yangiliklar lentasi
0