https://oz.sputniknews.uz/20250601/termiz-peshovar-birodar-shahar-maqom-49652867.html
Termiz va Peshovar birodar shaharlar maqomini olmoqchi
Termiz va Peshovar birodar shaharlar maqomini olmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Xayber-Paxtunxva provinsiyasi gubernatori Faysal Karim Kundi bilan uchrashdi.
2025-06-01T15:38+0500
2025-06-01T15:38+0500
2025-06-01T15:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
pokiston
termiz
elchi
elchixona
surxondaryo
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45305161_152:0:1288:639_1920x0_80_0_0_52a3353d11491c724efe6f846a2fc7a7.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Termiz va Peshovar shaharlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar maqomini o‘rnatiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Xayber-Paxtunxva provinsiyasi gubernatori Faysal Karim Kundi bilan uchrashdi.Muloqotda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari, xususan, iqtisodiyot, investitsiya, transport, ta’lim, madaniyat va turizm kabi sohalar muhokama qilindi.Uchrashuvda shuningdek, Transafg‘on temir yo‘l loyihasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Pokistonlik tomoni loyiha Xayber-Paxtunxva, xususan, Xarlachi orqali o‘tishi butun provinsiya uchun strategik ahamiyat kasb etishini ayti.Bundan tashqari, 2022-yilda Surxondaryo viloyati hokimligi va Xayber-Paxtunxva provinsiyasi hukumatlari o‘rtasida imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi doirasida, amaliy tadbirlarni faollashtirish yuzasidan ham fikr almashildi.
o‘zbekiston
pokiston
termiz
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45305161_294:0:1146:639_1920x0_80_0_0_268f0158b689b0de5c56298a2d5d04a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston elchisi alisher to‘xtayev pokistonning xayber-paxtunxva provinsiyasi gubernatori faysal karim kundi birodar shahar termiz peshovar
o‘zbekiston elchisi alisher to‘xtayev pokistonning xayber-paxtunxva provinsiyasi gubernatori faysal karim kundi birodar shahar termiz peshovar
Termiz va Peshovar birodar shaharlar maqomini olmoqchi
O‘zbekiston elchisi Pokistonning Xayber-Paxtunxva provinsiyasi gubernatori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Termiz va Peshovar shaharlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar maqomini o‘rnatiladi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Xayber-Paxtunxva provinsiyasi gubernatori Faysal Karim Kundi bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari, xususan, iqtisodiyot, investitsiya, transport, ta’lim, madaniyat va turizm kabi sohalar muhokama qilindi.
“Muloqotda Termiz va Peshovar shaharlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar maqomini o‘rnatish bo‘yicha hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda joriy yilning avgust oyida gubernator boshchiligidagi Xayber-Paxtunxva ishbilarmonlar delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish xususida kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda shuningdek, Transafg‘on temir yo‘l loyihasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Pokistonlik tomoni loyiha Xayber-Paxtunxva, xususan, Xarlachi orqali o‘tishi butun provinsiya uchun strategik ahamiyat kasb etishini ayti.
Bundan tashqari, 2022-yilda Surxondaryo viloyati hokimligi va Xayber-Paxtunxva provinsiyasi hukumatlari o‘rtasida imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi doirasida, amaliy tadbirlarni faollashtirish yuzasidan ham fikr almashildi.