Misrdan "S" gepatiti kasalligiga qarshi dori vositalari olib kelindi

© IA "Dunyo"Iz Yegipta v Uzbekistan dostavili pervuyu v 2025 godu partiyu preparatov protiv gepatita "S"
Iz Yegipta v Uzbekistan dostavili pervuyu v 2025 godu partiyu preparatov protiv gepatita S - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2025
Obuna bo‘lish
Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga "Sofosbuvir-400mg" dori vositalarini taqdim etdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Misrdan "S" gepatiti kasalligiga qarshi dori vositalarining 2025-yildagi ilk partiyasi olib kelindi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi O‘zbekiston prezidentining "S" gepatitini 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirildi.
“O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati 114.829 AQSh dollariga teng 31 ta qutida 7440 dona bo‘lgan "S" gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasini yurtimizda beg‘araz insonparvarlik ko‘magi sifatida taqdim etilishiga erishildi. Mazkur dori vositalari 31-may kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining samolyotida Sharm ash-Shayx – Toshkent avia yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga olib kelindi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu dori vositalari "S" gepatitini 2030-yilga qadar bartaraf etish bo‘yicha milliy dasturga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, 2023-2024 yillarda Misr hukumati tomonidan "S" gepatitiga qarshi kurashish uchun umumiy vazni 12,4 tonna bo‘lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalari 27 partiyada insonparvarlik ko‘magi sifatida berilgan. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million dollarga teng.
Yangiliklar lentasi
0