Bo‘lajak Rossiya-Ukraina muzokaralarining ayrim mavzulari ma’lum bo‘ldi
15:59 30.05.2025 (yangilandi: 17:02 30.05.2025)
© Sputnik / Generalnoe konsulstvo RF v Stambule / Mediabankka o‘tishPeregovori Rossii i Ukraini v Stambule

© Sputnik / Generalnoe konsulstvo RF v Stambule
/ Obuna bo‘lish
Hozircha Kiyev muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqlagani yo‘q.
TOShKEN, 30-may —Saputnik. Moskva Rossiya va Ukraina memorandumlari loyihalari Istanbuldagi muzokaralarning ikkinchi bosqichida muhokama qilinishini kutmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Boshqa bayonotlar:
Rossiya memorandumi loyihasi tafsilotlari oshkor etilmaydi.
Rossiya delegatsiyasi Istanbulga jo‘nab ketmoqda va 2-iyun kuni ertalab ular Kiyev vakillari bilan uchrashishga tayyor bo‘ladi.
Hozirda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish shartlari ro‘yxati ishlab chiqilmoqda, u kelishib olinadi.
Bu ro‘yxatga Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari kiradi.
Putin Zelenskiy va Tramp bilan shaxsiy uchrashuvga qarshi emas, ammo bunga yaxshi tayyorgarlik kerak.
Prezidentlar sammiti oldidan Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda natijaga erishishi kerak.
Yevropa kelajagi xavfsizligi yevropaliklar bilan muhokama qilinishi kerak, ammo Istanbulda muzokaralar Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘ladi.
Putin doimiy ravishda suhbatdoshlariga, jumladan AQShga ham Rossiya NATOning Sharqqa kengayishiga qarshi ekanini yetkazib kelgan.
Rossiya-Ukraina muzokaralari
Chorshanba kuni Sergey Lavrov Rossiya va Ukraina bilan muzokarlarning ikkinchi bosqichini 2-iyun kuni Istanbulda o‘tkazishga tayyor ekanini e’lon qilgan edi. Unda Moskva mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etishning barcha jihatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lajak tinchlik shartnomasi to‘g‘risidagi memorandumni taqdim etadi.
Rossiya delagatsiyasi tarkibi o‘zgarmaydi. Delegatsiyaga prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.
Moskva va Kiyevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari uch yil ichida birinchi marta uchrashuvi 16-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 1000 kishiga 1000 kishi miqdorida asirlar almashuvi kelajakdagi tinchlikka erishish uchun o‘z qarashlaridan iborat memorandum ishlab chiqishga kelishib olishgan edi.
Ayni damda Kiyev muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqlagani yo‘q.