O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

© SputnikV Tashkente proshel prazdnichniy namaz
V Tashkente proshel prazdnichniy namaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2025
Obuna bo‘lish
Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonda 6-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu haqda prezident qarori imzolandi.
2025 yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini milliy an’ana va urf-odatlarga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlar uchun Qurbon hayiti kunlarida mo‘’tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Ruslanbek Davletov zimmasiga yuklandi.
O‘zbekistondagi qariyb 2100 ta jome masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2025
O‘zbekistondagi qariyb 2100 ta jome masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi — foto
Yangiliklar lentasi
0