O‘zbekistondagi qariyb 2100 ta jome masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi — foto
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Hayit namozini ado etish maqsadida Toshkentdagi “Rakat” jomesiga bordi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Bugun erta tongdan O‘zbekistondagi qariyb 2100 ta jome masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi, deya xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Hayit namozini ado etish va mo‘min-musulmonlarni ulug‘ bayram bilan muborakbod etish maqsadida Toshkent shahridagi “Rakat” jomesiga bordi.
Dastlab bomdod namozi o‘qilib, xayrli duolar qilindi. So‘ngra Muftiy masjidga yig‘ilgan barcha mo‘min-musulmonlarni muborak bayram bilan qutladi.
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana

1/8
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana

2/8
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana

3/8
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana

4/8
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana

5/8
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana

6/8
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana

7/8
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana

8/8
© Duxovnoe upravlenie musulman Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston masjidlarida 30-mart – yakshanba kuni Ramazon hayiti namozi o‘qildi.
Hayit namozi sunnatlari
Ramazon hayiti namoziga chiqishdan avval biror narsa, shirinliklar yeb olinadi. Chunki Imom Buxoriy hazratlari Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida zikr qilinishicha, payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayitiga xurmo yeb chiqar ekanlar. Ularni toq holda yer ekanlar. (Ammo Qurbon hayitida bo‘lsa, hech nima yemasdan chiqiladi).
Hayit namozlariga borishda misvok qilib va alohida g‘usl qilib olish. Misvokning barcha namozlar oldidan qilinishi sunnat ekanligi mashhurdir.
Chiroyli, yangi, yuvilgan kiyimlarni kiyish.
Hayit namozidan oldin sadaqai fitrni ado etish vojibdir. Ushbu fitr sadaqasini namozdan oldin ado qilsa ham joizdir.
Hayit namoziga erta borish. Ya’ni masjidga erta borib, hayit namoziga shay turish, xutba va ma’ruzalarga quloq tutish savobli amal hisoblanadi.
Hayitga borishda boshqa yo‘ldan, qaytishda esa boshqa yo‘ldan kelishga harakat qilish. Zotan boshqa-boshqa yo‘llardan yurishda, savobning qadamlar hisobiga ko‘payishi, musulmonlarni ko‘rib-so‘rashish, hayitga chiqqaniga guvohlarning ko‘payishi hollari yuz beradi.