“Saksovulning shitirlashi to‘lqin ovozini eslatadi” — Mo‘ynoqdagi baliqchi qayig‘i kapitani

© SputnikAli Shatdinov — ribolov v 10-m pokolenii.
Ali Shatdinov — ribolov v 10-m pokolenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ali Shatdinov 10-avlod baliqchisi. U musiqa akademiyasini tugatgan va maktabda musiqadan dars bergan, lekin faqat bir yil.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Ali Shatdinov 10-avlod baliqchisi. U musiqa akademiyasini tugatgan va maktabda musiqadan dars bergan, lekin faqat bir yil. Ali Shatdinov “Stixiya N+1” forumi ishtirokchilariga o‘z xotiralarini so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Men bu kasbni tashladim - dengiz meni chaqirdi”, - deydi Ali og‘a.
© SputnikAli Shatdinov — ribolov v 10-m pokolenii.
Ali Shatdinov — ribolov v 10-m pokolenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2025
Ali Shatdinov — ribolov v 10-m pokolenii.
Shunday qilib, u mexaniklikdan baliq ovlash kemasi kapitanigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. U butun umrini Orol dengiziga bag‘ishladi.
Baliqchilar kulbalarda - qamish va loydan yasalgan kichik uylarda yashashgan. Ilgari toshqinlar ko‘p bo‘lgan, bu ko‘plab uylarni suv ostida qoldirishi mumkin edi. Bu kulbalarni esa boshqa joyda tez va arzon qurish mumkin bo‘lgan.
© SputnikAli Shatdinov — ribolov v 10-m pokolenii.
Ali Shatdinov — ribolov v 10-m pokolenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2025
Ali Shatdinov — ribolov v 10-m pokolenii.
“Endi bu yerda bir paytlar dengiz bo‘lganligi ertakdek qabul qilinmoqda”, - deydi afsus bilan Ali og‘a.
Ilgari bu yerda katta kemalar suzib yurgan - ular Qozog‘iston tomonida qolishgan. Kema qabristonidagi kichik kemalar mahalliy hokimlardan biri tomonidan maxsus olib kelinib, avlodlar uchun yodgorlik sifatida bu yerga qo‘yilgan.
“Ilgari dengiz, to‘lqinlar bo‘lardi. Ba’zan qirg‘oqqa kelib, yashil saksovullarga qarayman. Shamol essa, ularning shitirlashi to‘lqin ovoziga o‘xshaydi. O‘sha Mo‘ynoqni sog‘inaman”, - deydi Ali og‘a.
Festival Stixiya v Muynake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
Mo‘ynoqda “Stixiya” xalqaro elektron musiqa va san’at festivali boshlandi
Yangiliklar lentasi
0