Mo‘ynoqda “Stixiya” xalqaro elektron musiqa va san’at festivali boshlandi

© SputnikFestival "Stixiya" v Muynake
Festival Stixiya v Muynake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
Obuna bo‘lish
Festival qatnashchilari Kemalar qabristoni va Orol dengizi bilan birga yo‘qolgan narsalar va tabiat haqida ma’lumot oladilar.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Mo‘ynoqda “Stixiya” xalqaro elektron musiqa va san’at festivali boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bu yilgi tadbir butun dunyodan mingdan ortiq odamni birlashtirgan. Festivalning maqsadi - mintaqani jonlantirish, Orol fojiasi va uning odamlar hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida dunyoga ko‘proq ma’lumot berishga mo‘ljallangan.
Bu yerga kelgan festival qatnashchilari Kemalar qabristoni va Orol dengizi bilan birga yo‘qolgan narsalar haqida ma’lumot oladilar: yo‘qolgan baliqlar, o‘simliklar, qushlarning, yo‘q bo‘lib ketgan baliqchilik sanoatini aks ettiruvchi installyatsiyalarni tomosha qiladilar.
© SputnikMo‘ynoqda “Stixiya” xalqaro festivali boshlandi
Festival Stixiya v Muynake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
Mo‘ynoqda “Stixiya” xalqaro festivali boshlandi
Guyoki ona tabiatning o‘zi bir qo‘lida baliq, bir qo‘lida baliq skeleti ushlab turib, odamlarga dardini aytayotgandek.
Festival doirasida Stixiya N+1 ilmiy forumi bo‘lib o‘tadi. Uning ishtirokchilari Orolbo‘yi aholisiga qanday yordam berish, dengizni jonlantirishda sun’iy intellekt va texnologiyalardan foydalanish masalalarini muhokama qiladilar, shuningdek, bir paytlar Orol dengizida kemalarda suzib yurganlarning hikoyalarini tinglashadi.
© SputnikFestival "Stixiya" v Muynake
Festival Stixiya v Muynake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
Festival "Stixiya" v Muynake
Bundan tashqari, "Stihia x Karakalpakhstan Digital Forum 2025" ham bo‘lib o‘tadi – Yoshlar saroyida IT-mutaxassislari, startaplar, investorlar va soha vakillari texnologiya kelajagi, mintaqaviy rivojlanish va yoshlar uchun imkoniyatlarni muhokama qilishadi.
© SputnikMo‘ynoqda “Stixiya” xalqaro festivali boshlandi
Festival Stixiya v Muynake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
Mo‘ynoqda “Stixiya” xalqaro festivali boshlandi
Yangiliklar lentasi
0