https://oz.sputniknews.uz/20250529/saida-mirziyoeva-valentina-matvienko-49598797.html
Saida Mirziyoyeva Valentina Matviyenko bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Saida Mirziyoyeva Valentina Matviyenko bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi, deya xabar berdi kengash matbuot xizmati.
2025-05-29T17:50+0500
2025-05-29T17:50+0500
2025-05-29T17:57+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
saida mirziyoyeva
valentina matviyenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1d/49598296_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_efdbef5ee3b2d67e8e5c2d7eb9327a42.jpg
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi, deya xabar berdi kengash matbuot xizmati.Valentina Matviyenkoning qayd etishicha, mamlakatlarning keng qamrovli strategik sherikligi va ittifoqchiligi prezidentlar Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning xizmatidir.Rossiya parlamenti yuqori palatasi raisining fikricha, hurmat va o‘zaro manfaatli hamkorlik ikkala mamlakat uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda katta foyda keltiradi, fuqarolar farovonligining oshishiga hissa qo‘shadi.U Parlamentlararo Ittifoqning "Yevroosiyo" geosiyosiy guruhi faoliyatiga e’tibor qaratdi.Parlamentlararo hamkorlik Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston qonun chiqaruvchilari bilan konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgan, Parlamentlararo komissiya faol ishlamoqda, dedi u.Suhbat chog‘ida Valentina Matviyenko hududlararo hamkorlik mavzusiga to‘xtalib, Federatsiyaning 80 tadan ortiq subyekti O‘zbekiston viloyatlari bilan hamkorlik qilayotganini qayd etdi.Saida Mirziyoyeva Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi ekanini ta’kidladi. U shuningdek, yoshlarga oid qo‘shma loyihalar ko‘lamini kengaytirish tarafdori ekanini qayd etdi.Uchrashuv doirasida ta’lim sohasidagi hamkorlik, jumladan, rus tilida o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Saida Mirziyoyeva Vladimir Medinskiy bilan madaniy-gumanitar masalalarni muhokama qildiSaida Mirziyoyeva Moskvada prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari bilan uchrashdi
https://oz.sputniknews.uz/20250529/saida-mirziyoeva-yangi-quddus-muzey-49596389.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1d/49598296_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_004e0f0b42b65fe4fc17c2d2fb39a86f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya federatsiya kengashi raisi valentina matviyenko o‘zbekiston prezidentining yordamchisi saida mirziyoyeva
rossiya federatsiya kengashi raisi valentina matviyenko o‘zbekiston prezidentining yordamchisi saida mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva Valentina Matviyenko bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
17:50 29.05.2025 (yangilandi: 17:57 29.05.2025) Valentina Matviyenko: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarildi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi, deya xabar berdi kengash
matbuot xizmati. Valentina Matviyenkoning qayd etishicha, mamlakatlarning keng qamrovli strategik sherikligi va ittifoqchiligi prezidentlar Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning xizmatidir.
"Ular sanoat, energetika, turli sohalarda yangi loyihalarni rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Rossiya biznesi O‘zbekistondagi ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirmoqda”, — dedi Rossiya Federatsiya Kengashi raisi.
Rossiya parlamenti yuqori palatasi raisining fikricha, hurmat va o‘zaro manfaatli hamkorlik ikkala mamlakat uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda katta foyda keltiradi, fuqarolar farovonligining oshishiga hissa qo‘shadi.
U Parlamentlararo Ittifoqning "Yevroosiyo" geosiyosiy guruhi faoliyatiga e’tibor qaratdi.
“Ovozimiz eshitilyapti. Parlamentlararo ittifoq o‘z mustaqilligini, daxlsizligini va barcha davlatlarga teng munosabatini saqlab qolgan kam sonli platformalardan biridir", — deya qo‘shimcha qildi Matviyenko.
Parlamentlararo hamkorlik Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston qonun chiqaruvchilari bilan konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgan, Parlamentlararo komissiya faol ishlamoqda, dedi u.
Suhbat chog‘ida Valentina Matviyenko hududlararo hamkorlik mavzusiga to‘xtalib, Federatsiyaning 80 tadan ortiq subyekti O‘zbekiston viloyatlari bilan hamkorlik qilayotganini qayd etdi.
Saida Mirziyoyeva Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi ekanini ta’kidladi. U shuningdek, yoshlarga oid qo‘shma loyihalar ko‘lamini kengaytirish tarafdori ekanini qayd etdi.
Uchrashuv doirasida ta’lim sohasidagi hamkorlik, jumladan, rus tilida o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.