https://oz.sputniknews.uz/20250529/rossiya-ukraina-muzokara-ikkinchi-raund-moskva-tinchlik-hujjat-49587901.html
Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi: Moskva tinchlik hujjatini taqdim etadi
Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi: Moskva tinchlik hujjatini taqdim etadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV: hujjatda Ukrainadagi inqirozning asosiy sabablarini ishonchli bartaraf etish uchun barcha jihatlar mavjud. 29.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-29T12:00+0500
2025-05-29T12:00+0500
2025-05-29T12:00+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
turkiya
aqsh
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24966958_0:154:3093:1894_1920x0_80_0_0_5db96e024f638288a1e21b279a757bdb.jpg
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundi 2-iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi. Sergey Lavrovning qayd etishicha, prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Istanbulda bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandumni taqdim etishga tayyor.Hujjatda Ukrainadagi inqirozning asosiy sabablarini ishonchli bartaraf etish uchun barcha jihatlar mavjud, Rossiya tomoni ularni tushuntirishga tayyor. Moskva tinchlik jarayonining muvaffaqiyatidan manfaatdor bo‘lganlar muzokaralarning yangi bosqichini qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroni hal qilishni muhokama qildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.Sergey Lavrov Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi 19-maydagi kelishuvlarini amalga oshirishning borishi, shuningdek, Rossiya tomoni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Rossiya-Ukraina to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarining navbatdagi raundiga aniq takliflar tayyorlayotgani haqida ma’lumot berdi.Marko Rubio, o‘z navbatida, Donald Trampning Ukraina mojarosini tezroq yakunlashga intilishini ta’kidladi va Vashington tomonlarning pozitsiyalarini yaqinlashtirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250525/rossiya-ukraina-harbiy-asir-49537651.html
ukraina
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24966958_182:0:2911:2047_1920x0_80_0_0_7af20059388664cc732879784d0d6fac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, ukraina, turkiya, aqsh, sergey lavrov
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, ukraina, turkiya, aqsh, sergey lavrov
Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi: Moskva tinchlik hujjatini taqdim etadi
Rossiya TIV: hujjatda Ukrainadagi inqirozning asosiy sabablarini ishonchli bartaraf etish uchun barcha jihatlar mavjud.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundi 2-iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov
ma’lum qildi. Sergey Lavrovning qayd etishicha, prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Istanbulda bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandumni taqdim etishga tayyor.
Hujjatda Ukrainadagi inqirozning asosiy sabablarini ishonchli bartaraf etish uchun barcha jihatlar mavjud, Rossiya tomoni ularni tushuntirishga tayyor. Moskva tinchlik jarayonining muvaffaqiyatidan manfaatdor bo‘lganlar muzokaralarning yangi bosqichini qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda.
"Rossiya tomoni, kelishilganidek, zudlik bilan tegishli memorandumni ishlab chiqdi, unda inqirozning asosiy sabablarini ishonchli bartaraf etishning barcha jihatlari bo‘yicha bizning pozitsiyamiz bayon etilgan... Vladimir Medinskiy boshchiligidagi delegatsiyamiz ushbu memorandumni Ukraina delegatsiyasiga taqdim etishga va zarur tushuntirishlar berishga tayyor", — deya qayd etdi Sergey Lavrov.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroni hal qilishni muhokama qildi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati.Sergey Lavrov Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi 19-maydagi kelishuvlarini amalga oshirishning borishi, shuningdek, Rossiya tomoni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Rossiya-Ukraina to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarining navbatdagi raundiga aniq takliflar tayyorlayotgani haqida ma’lumot berdi.
“Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar Rossiya va AQSh tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotni davom ettirishga o‘zaro sodiqligini tasdiqlashdi”, — deyiladi xabarda.
Marko Rubio, o‘z navbatida, Donald Trampning Ukraina mojarosini tezroq yakunlashga intilishini ta’kidladi va Vashington tomonlarning pozitsiyalarini yaqinlashtirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.