Toshkentda "Tashkent Law Spring" IV Xalqaro yuridik forumi ish boshladi

© Ministerstvo yustitsiiV Tashkente startoval IV Mejdunarodniy yuridicheskiy forum "Tashkent Law Spring"
V Tashkente startoval IV Mejdunarodniy yuridicheskiy forum Tashkent Law Spring - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston prezidenti xalqaro yuridik forum ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Toshkentda "Tashkent Law Spring" IV Xalqaro yuridik forumi boshlandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbir mavzusi — "Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar". Forum 40 ta mamlakatdan mingdan ortiq ishtirokchilarni, jumladan, huquqshunoslar, IT-mutaxassislar, olimlar va biznes ekspertlarini jamladi.
Dasturda raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikning huquqiy jihatlariga bag‘ishlangan 20 tadan ortiq sessiya va 120 nafar ma’ruzachining chiqishlari o‘rin olgan.
Tadbirda prezident maslahatchisi Ruslanbek Davletov O‘zbekiston yetakchisining xalqaro yuridik forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
“Yangi O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar yordamida davlat boshqaruvi modernizatsiyasi va davlat xizmatlarini elektronlashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hisobiga “xizmat ko‘rsatuvchi davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga katta e’tibor berilmoqda”, — deyiladi tabrik matnida.
Qayd etilganidek, mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi, onlayn-rejimda ishlovchi platformalar hamda integratsiyalashgan bilimlar bazalari ishga tushirildi.
Prezident forumda eng dolzarb masalalar muhokama qilinishi hamda amaliy taklif hamda tashabbuslar ishlab chiqilishi raqamli kelajakning mustahkam poydevorini yaratish va raqamli transformatsiya yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Qayd etilishicha, anjuman doirasida ilk bor Yoshlar forumi o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0