Sherzod Asadov Moskvada Dmitriy Peskov bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV ramkax vizita delegatsii Uzbekistana v Moskvu sostoyalas vstrecha s press-sekretarem prezidenta Rossiyskoy Federatsii Dmitriyem Peskovim.
V ramkax vizita delegatsii Uzbekistana v Moskvu sostoyalas vstrecha s press-sekretarem prezidenta Rossiyskoy Federatsii Dmitriyem Peskovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari matbuot xizmatlari o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishga tushiriladi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan uchrashdi. Bu haqda Asadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Asadovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda axborot sohasidagi hamkorlik va soha uchun mutaxassislar tayyorlashning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda davlatlar rahbarlarining matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, professional tajriba va strategik kommunikatsiyalarga doir yondashuvlar almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tez o‘zgaruvchan media muhit va raqamli platformalar ahamiyati ortib borayotgan sharoitda xodimlarning malakasini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

“Kelgusidagi ayrim rejalar, shu jumladan, axborot siyosati va ikki tomonlama kun tartibini media jihatidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishga tushirish masalalari ko‘rib chiqildi”, — deya qayd etdi matbuot kotibi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ochiq muloqot, professional hamkorlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlashga intilish mushtarak ekani tasdiqlandi.
Saida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0