https://oz.sputniknews.uz/20250525/rossiya-ukraina-harbiy-asir-49537651.html
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi asirlar almashinuvi yakunlandi
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi asirlar almashinuvi yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
16 may kuni Istanbulda erishilgan Rossiya-Ukraina kelishuvlariga muvofiq, 23-25 may kunlari Rossiya va Ukraina tomoni 1000 kishiga 1000 formulasi bo‘yicha almashinuv o‘tkazdi.
2025-05-25T15:06+0500
2025-05-25T15:06+0500
2025-05-25T15:06+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
rossiya mudofaa vazirligi
muzokaralar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48735237_0:160:3073:1889_1920x0_80_0_0_8d7e0a10a11f7a5f54a443a427edbc71.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Moskva va Kiyev 1000 ga 1000 formulasi bo‘yicha asirlarni almashishni yakunladi, yana 303 nafar jangchi Rossiyaga qaytarildi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududlardan yana 303 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qaytarildi, evaziga xuddi shuncha asir Ukraina Qurolli Kuchlariga topshirildi.Hozirda qaytarilgan rossiyalik harbiylar Belarus hududida bo‘lib, ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Keyin ular Rossiyaga Mudofaa vazirligi tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun olib kelinadi.Almashinuvning birinchi bosqichi juma kuni bo‘lib o‘tdi. Rossiyaga 270 nafar harbiy xizmatchi, shuningdek, 120 nafar tinch aholi, jumladan, Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan qo‘lga olingan Kursk viloyatining tinch aholisi qaytarildi.Buning evaziga Ukraina tomoniga Ukraina Qurolli Kuchlarining 270 nafar jangarisi va 120 nafar fuqarosi topshirildi. Bir kun oldin ikkinchi bosqichda 307 nafar harbiy Rossiyaga qaytdi, Kiyevga yana shuncha ukrainalik asirlar topshirildi.Rossiya va Ukrainaning so‘nggi uch yildagi ilk muzokaralarida 1000 kishiga 1000 kishi almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48735237_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_82e4a86bafe71f2608bc9cd0b6a09229.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya-ukraina kelishuvi rossiya va ukraina 1000 kishiga 1000 formulasi asir almashinuv
rossiya-ukraina kelishuvi rossiya va ukraina 1000 kishiga 1000 formulasi asir almashinuv
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi asirlar almashinuvi yakunlandi
Rossiya Ukraina hududidan yana 303 nafar harbiy asirni qaytardi
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Moskva va Kiyev 1000 ga 1000 formulasi bo‘yicha asirlarni almashishni yakunladi, yana 303 nafar jangchi Rossiyaga qaytarildi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"16 may kuni Istanbulda erishilgan Rossiya-Ukraina kelishuvlariga muvofiq, 23-25 may kunlari Rossiya va Ukraina tomoni 1000 kishiga 1000 formulasi bo‘yicha almashinuv o‘tkazdi," — deyiladi xabarda.
Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududlardan yana 303 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qaytarildi, evaziga xuddi shuncha asir Ukraina Qurolli Kuchlariga topshirildi.
Hozirda qaytarilgan rossiyalik harbiylar Belarus hududida bo‘lib, ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Keyin ular Rossiyaga Mudofaa vazirligi tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun olib kelinadi.
Almashinuvning birinchi bosqichi juma kuni bo‘lib o‘tdi. Rossiyaga 270 nafar harbiy xizmatchi, shuningdek, 120 nafar tinch aholi, jumladan, Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan qo‘lga olingan Kursk viloyatining tinch aholisi qaytarildi.
Buning evaziga Ukraina tomoniga Ukraina Qurolli Kuchlarining 270 nafar jangarisi va 120 nafar fuqarosi topshirildi. Bir kun oldin ikkinchi bosqichda 307 nafar harbiy Rossiyaga qaytdi, Kiyevga yana shuncha ukrainalik asirlar topshirildi.
Rossiya va Ukrainaning so‘nggi uch yildagi ilk muzokaralarida 1000 kishiga 1000 kishi almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi.