https://oz.sputniknews.uz/20250529/ozbekiston-qozogiston-xalqaro-neft-gaz-49585287.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqaro neft-gaz loyihalarida birgalikda ishtirok etmoqchi
O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqaro neft-gaz loyihalarida birgalikda ishtirok etmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
"QazMunayGaz" va "O‘zbekneftgaz" hamkorlikni kengaytirmoqda. 29.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-29T10:19+0500
2025-05-29T10:19+0500
2025-05-29T12:33+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
neft
o‘zbekneftgaz
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1d/49590472_0:95:1264:806_1920x0_80_0_0_f57ad619f8a677d7a7846a2f35af2b57.jpg
TOShKENT, 29-may — Sputnik. "O‘zbekneftgaz”, "QazMunayGaz", SOCAR va “Tatneft” dekarbonizatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda, deya xabar berdi, Qozog‘istonning milliy kompaniyasi. Ostonada "Barqaror rivojlanish: dekarbonizatsiya sari qo‘shma qadamlar" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "QazMunayGaz" AJ boshqaruvi raisi Asxat Xasenov, SOCAR prezidenti Rovshan Najaf, "Tatneft" OAJ bosh direktori Nail Maganov va "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov ishtirok etdi. Anjumanda tomonlar o‘rtasida Dekarbonizatsiya va barqaror tashabbuslar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, "QazMunayGaz" va "O‘zbekneftgaz" hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda ikki kompaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z bordi. Tomonlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha joriy holatni muhokama qilishdi. Ta’kidlanishicha, "QazMunayGaz" va "O‘zbekneftgaz" o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida Qozog‘iston va O‘zbekistonda geologiya-qidiruv va neft-gaz kimosi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Tegishli ishchi guruh tuzilgan. Aytilishicha, kompaniyalar global energiya bozorida raqobatbardoshlikni oshirish uchun xalqaro neft-gaz loyihalarida, shu jumladan neft-servis xizmatlarini ko‘rsatishda birgalikda ishtirok etish niyatida. Neft va gazni qayta ishlash va neft kimosida QMG va UNG chiziqli alkilbenzol (LAB) ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlamoqda. Ushbu loyihani birgalikda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Tomonlar sanoat xavfsizligi sohasida raqamli yechimlarni qo‘llash bo‘yicha tajriba almashmoqda. Xususan, "QazMunayGaz" yuqori xavfli ishlarni nazorat qilish uchun bir qator sho‘ba korxonalarida joriy etilgan elektron order-ruxsatnomalar tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Texnologik hodisalar va avariyalarning oldini olish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, ular davomida "Safarlarni boshqarish" kabi "QazMunayGaz" raqamli mahsulotlari taqdim etiladi. Ma’lumot uchun, "QazMunayGaz" 2060-yilgacha kam uglerodli rivojlanish dasturini yangilab, 2031-yilgacha karbonat angidrid (CO₂) emissiyasini 15 foizga, 2060-yilgacha esa 64 foizga kamaytirish maqsadlarini belgilagan. Uning faoliyati sho‘ba va tobe tashkilotlarda energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi. 2031-yilga borib 300 dan ortiq chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali 500 ming tonnadan ortiq yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250513/energetika-haftalik-ozbekneftgaz-kazmunaygaz-49333169.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1d/49590472_32:0:1232:900_1920x0_80_0_0_60dc5b2b31fbbf0c15264bff1a2c7732.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, neft, o‘zbekneftgaz, hamkorlik
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, neft, o‘zbekneftgaz, hamkorlik
O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqaro neft-gaz loyihalarida birgalikda ishtirok etmoqchi
10:19 29.05.2025 (yangilandi: 12:33 29.05.2025) "QazMunayGaz" va "O‘zbekneftgaz" hamkorlikni kengaytirmoqda.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. "O‘zbekneftgaz”, "QazMunayGaz", SOCAR va “Tatneft” dekarbonizatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda, deya xabar berdi, Qozog‘istonning
milliy kompaniyasi. Ostonada "Barqaror rivojlanish: dekarbonizatsiya sari qo‘shma qadamlar" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda "QazMunayGaz" AJ boshqaruvi raisi Asxat Xasenov, SOCAR prezidenti Rovshan Najaf, "Tatneft" OAJ bosh direktori Nail Maganov va "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov ishtirok etdi.
Anjumanda tomonlar o‘rtasida Dekarbonizatsiya va barqaror tashabbuslar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
“Hujjat ekologik xavfsiz texnologiyalar va "yashil" loyihalarni amalga oshirish sohasida tajriba almashishni nazarda tutadi, bu esa o‘z navbatida kompaniyalarga global energiya bozorlarida iqlim tashabbuslarini ilgari surish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, "QazMunayGaz" va "O‘zbekneftgaz" hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda ikki kompaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z bordi.
Tomonlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha joriy holatni muhokama qilishdi.
Ta’kidlanishicha, "QazMunayGaz" va "O‘zbekneftgaz" o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida Qozog‘iston va O‘zbekistonda geologiya-qidiruv va neft-gaz kimosi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Tegishli ishchi guruh tuzilgan.
Aytilishicha, kompaniyalar global energiya bozorida raqobatbardoshlikni oshirish uchun xalqaro neft-gaz loyihalarida, shu jumladan neft-servis xizmatlarini ko‘rsatishda birgalikda ishtirok etish niyatida.
Neft va gazni qayta ishlash va neft kimosida QMG va UNG chiziqli alkilbenzol (LAB) ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlamoqda. Ushbu loyihani birgalikda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
Tomonlar sanoat xavfsizligi sohasida raqamli yechimlarni qo‘llash bo‘yicha tajriba almashmoqda. Xususan, "QazMunayGaz" yuqori xavfli ishlarni nazorat qilish uchun bir qator sho‘ba korxonalarida joriy etilgan elektron order-ruxsatnomalar tizimi taqdimotini o‘tkazdi.
Texnologik hodisalar va avariyalarning oldini olish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, ular davomida "Safarlarni boshqarish" kabi "QazMunayGaz" raqamli mahsulotlari taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, "QazMunayGaz" 2060-yilgacha kam uglerodli rivojlanish dasturini yangilab, 2031-yilgacha karbonat angidrid (CO₂) emissiyasini 15 foizga, 2060-yilgacha esa 64 foizga kamaytirish maqsadlarini belgilagan.
Uning faoliyati sho‘ba va tobe tashkilotlarda energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi. 2031-yilga borib 300 dan ortiq chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali 500 ming tonnadan ortiq yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash rejalashtirilgan.