https://oz.sputniknews.uz/20250513/energetika-haftalik-ozbekneftgaz-kazmunaygaz-49333169.html
Energetika haftaligi: “O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi
Energetika haftaligi: “O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “O‘zbekneftgaz” AJ va “KazMunayGaz” AJ o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi, deya xabar berdi jamiyat matbuot xizmati.
2025-05-13T12:07+0500
2025-05-13T12:07+0500
2025-05-13T12:10+0500
iqtisod
o‘zbekiston
toshkent
qozog‘iston
energetika
yashil energiya
ko‘rgazma
o‘zbekneftgaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0d/49332968_0:229:2000:1354_1920x0_80_0_0_8a0ef49a6bed3e6fcba174c9ca3fbb3c.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Toshkentda “O‘zbekneftgaz” AJ va “KazMunayGaz” AJ o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi, deya xabar berdi jamiyat matbuot xizmati. Toshkentda “O‘zbekiston energetika haftaligi” o‘z ishini boshladi. Uning doirasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Qayd etilishicha, tadbirda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida dastlabki hujjat imzolandi. “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi va “KazMunayGaz” AJ rahbari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda gazni qayta ishlash, uglevodorodlarni qazib olish va yangi yoqilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hamkorlik loyihalar geografiyasini kengaytirish, resurs bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish, har ikki kompaniyaning ishlab chiqarish va transport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Sputnik O‘zbekiston muxbirining xabar qilishicha, O‘zbekiston energetika haftaligi 13 - 15-may kunlari bo‘lib o‘tadi. U bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Ko‘rgazmada 34 ta davlat, jumladan, Rossiya va O‘zbekistondan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Rossiyadan 28 ta kompaniya, jumladan, “Rosatom”, “Gazprom”, “Severostal”, “Tatneft” va boshqalar ishtirok etmoqda. Boshqirdiston Respublikasining kollektiv stendida 6 ta kompaniya xizmatlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, Perm o‘lkasi, Kareliya va Moskva viloyatining jamoaviy stendlari ham bor. O‘zbekistonni 27 ta ishlab chiqaruvchi va 10 ixtisoslashgan korxona ishtirokida neft-gaz kompaniyasi stendi namoyish etmoqda. Dastur ko‘rgazmalar, forumlar, panel va texnik sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor barqaror rivojlanish, yashil energiya va sanoatni modernizatsiya qilish masalalariga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250424/ozbekiston-komir-neft-gaz-49034716.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0d/49332968_57:0:1862:1354_1920x0_80_0_0_0162ca1c56ca1fb95709d1e97bd1eb8f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent “o‘zbekneftgaz” aj “kazmunaygaz” o‘zbekiston energetika haftaligi “o‘zbekiston neft va gazi – ogu 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi
toshkent “o‘zbekneftgaz” aj “kazmunaygaz” o‘zbekiston energetika haftaligi “o‘zbekiston neft va gazi – ogu 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi
Energetika haftaligi: “O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi
12:07 13.05.2025 (yangilandi: 12:10 13.05.2025) Toshkentda “O‘zbekiston energetika haftaligi” o‘z ishini boshladi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Toshkentda “O‘zbekneftgaz” AJ va “KazMunayGaz” AJ o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi, deya xabar berdi jamiyat
matbuot xizmati. Toshkentda “O‘zbekiston energetika haftaligi” o‘z ishini boshladi. Uning doirasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, tadbirda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida dastlabki hujjat imzolandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi va “KazMunayGaz” AJ rahbari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda gazni qayta ishlash, uglevodorodlarni qazib olish va yangi yoqilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hamkorlik loyihalar geografiyasini kengaytirish, resurs bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish, har ikki kompaniyaning ishlab chiqarish va transport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Uchrashuv yakunida tomonlar kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni imzolashdi”, — deyiladi xabarda.
Sputnik O‘zbekiston muxbirining xabar qilishicha, O‘zbekiston energetika haftaligi 13 - 15-may kunlari bo‘lib o‘tadi. U bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan.
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi;
“Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2025” 18-xalqaro ko‘rgazmasi;
“Markaziy Osiyoning yashil va energiya tejovchi texnologiyalari - GETCA” ixtisoslashtirilgan bo‘limi 5-xalqaro energetika konferensiyasi;
xalqaro hamkorlar bilan G2B va B2B uchrashuvlar.
Ko‘rgazmada 34 ta davlat, jumladan, Rossiya va O‘zbekistondan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Rossiyadan 28 ta kompaniya, jumladan, “Rosatom”, “Gazprom”, “Severostal”, “Tatneft” va boshqalar ishtirok etmoqda. Boshqirdiston Respublikasining kollektiv stendida 6 ta kompaniya xizmatlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, Perm o‘lkasi, Kareliya va Moskva viloyatining jamoaviy stendlari ham bor.
O‘zbekistonni 27 ta ishlab chiqaruvchi va 10 ixtisoslashgan korxona ishtirokida neft-gaz kompaniyasi stendi namoyish etmoqda. Dastur ko‘rgazmalar, forumlar, panel va texnik sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor barqaror rivojlanish, yashil energiya va sanoatni modernizatsiya qilish masalalariga qaratilgan.