https://oz.sputniknews.uz/20250529/dunyo-islom-moliya-forum-49597168.html
Dunyoda islom moliyasi hajmi 5,3 trln dollarga yetishi kutilmoqda
Dunyoda islom moliyasi hajmi 5,3 trln dollarga yetishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi PLAS-forumida har qanday mamlakatda islom moliyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar haqida so‘z bordi. 29.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-29T18:18+0500
2025-05-29T18:18+0500
2025-05-29T18:18+0500
iqtisod
o‘zbekiston
toshkent
forum
moliyalashtirish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48059298_0:168:3047:1881_1920x0_80_0_0_21d32c2f60d9e03ba71243fcdc39a177.jpg
TOShKENT, 29-may — Sputnik. 2025-yil oxiriga kelib dunyoda islom moliyasi hajmi 5,3 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Islom moliyasi va takaful uyushmasi kengashi raisi Bahrom No‘monov Toshkentda "Digital Uzbekistan" 5-xalqaro PLAS-forumida ma’lum qildi.Forum sessiyalaridan biri Markaziy Osiyo mamlakatlarida islomiy moliyalashtirish va islom bankiga bag‘ishlandi.Uning aytishicha, Markaziy Osiyoda islom moliyasi hajmi hozircha atigi 700 million dollarni yoki jahon hajmining 0,01 foizini tashkil etadi.U shuningdek, Markaziy Osiyoda 18 ta islom banki faoliyat yuritayotganini qo‘shimcha qildi.Qayd etilishicha, har qanday mamlakatda islom moliyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar bor. Islom moliyasi bo‘yicha xalqaro ekspert Xondamir Nusratxo‘jayevning fikricha, ushbu sohani rivojlantirishning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq:O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqaruv bo‘limi boshlig‘i Valeriy Lining qayd etishicha, bugungi kunda odamlar islom moliyasi nima ekanligini yuzaki tasavvur qilishadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250528/xalqaro-biznes-ozbekiston-konstantin-grizov-digital-uzbekistan-49571831.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48059298_158:0:2887:2047_1920x0_80_0_0_28d3a6d069b1d66ce4532d7864688991.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
iqtisod, o‘zbekiston, toshkent, forum, moliyalashtirish
iqtisod, o‘zbekiston, toshkent, forum, moliyalashtirish
Dunyoda islom moliyasi hajmi 5,3 trln dollarga yetishi kutilmoqda
Eksklyuziv
Toshkentdagi PLAS-forumida har qanday mamlakatda islom moliyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar haqida so‘z bordi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. 2025-yil oxiriga kelib dunyoda islom moliyasi hajmi 5,3 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Islom moliyasi va takaful uyushmasi kengashi raisi Bahrom No‘monov Toshkentda "Digital Uzbekistan" 5-xalqaro PLAS-forumida ma’lum qildi.
Forum sessiyalaridan biri Markaziy Osiyo mamlakatlarida islomiy moliyalashtirish va islom bankiga bag‘ishlandi.
“2025 yil oxiriga kelib dunyoda islom moliyasi hajmi 5,3 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. 2024-yilda dunyoda islom banklari aktivlari 60 foizga oshgan”, — dedi Bahrom No‘monov.
Uning aytishicha, Markaziy Osiyoda islom moliyasi hajmi hozircha atigi 700 million dollarni yoki jahon hajmining 0,01 foizini tashkil etadi.
"Biz islom moliyasiga moliyalashtirishning muqobil turi va an’anaviy bankingga raqobatchi sifatida qarashimiz kerak. Xuddi shu mahsulot va xizmatlardan istalgan odam o‘zi uchun qulay bo‘lsa, foydalanishi mumkin", — deya izoh berdi Bahrom No‘monov.
U shuningdek, Markaziy Osiyoda 18 ta islom banki faoliyat yuritayotganini qo‘shimcha qildi.
Qayd etilishicha, har qanday mamlakatda islom moliyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar bor. Islom moliyasi bo‘yicha xalqaro ekspert Xondamir Nusratxo‘jayevning fikricha, ushbu sohani rivojlantirishning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq:
davlatning qo‘llab-quvvatlashi, siyosiy irodasi;
tegishli qonun hujjatlari;
aholining ma’lumot darajasi va xabardorligi;
turli xil mahsulotlar to‘plami (ko‘pchilik murobaha - bo‘lib to‘lashga asoslangan xizmatlar bilan cheklanadi).
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqaruv bo‘limi boshlig‘i Valeriy Lining qayd etishicha, bugungi kunda odamlar islom moliyasi nima ekanligini yuzaki tasavvur qilishadi.
“Ko‘pincha ular islomiy mahsulotga, xuddi shu muddatli to‘lovga xaridga duch kelishganda, ularga moliyaviy vositalardan kelib chiqib, u yoki bu mahsulotni sotib olish mumkin emasligi yoki u yoki bu turdagi daromadlar nomaqbul ekanligi tushuntirilganda mahsulot borga o‘xshasa-da, bu odamlarning bu tomonga bormasligiga olib keladi”, — deya tushuntirdi u.