Xalqaro biznes O‘zbekistonga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda — Konstantin Grizov

© PLAS-Forum Digital UzbekistanKonstantin Grizov Sopredsedatel Orgkomiteta
Konstantin Grizov Sopredsedatel Orgkomiteta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda Digital Uzbekistan 5-xalqaro PLAS-forumi o‘z ishini boshladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Toshkentda "Digital Uzbekistan" 5-xalqaro PLAS-forumi o‘z ishini boshladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forum raqamlashtirish, davlat tuzilmalari, moliya sektori, chakana savdo, IT va telekommunikatsiya sanoatining o‘zaro hamkorligining asosiy masalalariga bag‘ishlangan.
"Forumning vazifasi bozor ishtirokchilari uchun katalizator va muloqot maydoni bo‘lishdir. Bu yil bizda 2 mingdan ortiq kishi ishtirok etmoqda, xalqaro ekspertlar hamjamiyatining 150 nafar vakili so‘zga chiqishi rejalashtirilgan. Ko‘rgazma va demozonaning o‘zi ham yetarlicha keng ko‘lamli bo‘lib, u yerda eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni namoyish etuvchi yuzga yaqin hamkorlar mavjud", — dedi PLAS-forum tashkiliy qo‘mitasi hamraisi Konstantin Grizov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, forum mavzularidan biri kadrlar bo‘ladi.

"Gap HR yo‘nalishi, kadrlar bilan qanday ishlash, qanday tayyorlash, bu muammoni hal qilish uchun mamlakatning o‘zi nima qilishi kerakligi haqida ketmoqda. Mamlakat yetarlicha katta ekani tushunarli, tabiiyki, raqamlashtirish va fintex (moliyaviy texnologiya) sohasidagi yosh mutaxassislarni jalb qilish kerak", — deydi Grizov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tadbirning maqsadi - sohalarni birlashtirish.
"Simbioz bo‘lishi kerak. Bu orqali biz bozor ishtirokchilari o‘rtasida to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga egamiz. Biz tarmoqlar o‘rtasida qo‘shma loyihalar qanday amalga oshirilayotganini ko‘rib turibmiz. Bizning forumimiz bu yo‘nalishda "buster" bo‘ldi", — dedi Grizov.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish va elektron tijoratni rivojlantirishda jiddiy yutuqlarga erishdi. Konstantin Grizov xalqaro biznes, xususan, Xitoy va Hindiston vakillari O‘zbekistonga sarmoya kiritishga katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.
Forum o‘z ishini 29-mayga qadar davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0