https://oz.sputniknews.uz/20250528/rossiya-eoii-overchuk-49572497.html
Rossiya YeOII kengayishini istaydi — Overchuk
Rossiya YeOII kengayishini istaydi — Overchuk
Sputnik O‘zbekiston
Aleksey Overchuk: Rossiya YeOIIni migrantlar keladigan mamlakatlar hisobiga kengaytirishni xohlaydi. 28.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-28T16:19+0500
2025-05-28T16:19+0500
2025-05-28T16:19+0500
o‘zbekiston va yeoii
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
yeoii
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/07/40759229_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_6cf7f0add35c3f1f0fd1cf76fe117422.jpg
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ni, birinchi navbatda, mehnat migratsiyasiga cheklovlar yo‘qligi sababli eng ko‘p migrantlar keladigan mamlakatlarga kengaytirishni xohlaydi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu muammoning bir qismini ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish orqali hal qilish mumkin, ammo bu uzoq muddatli yechim bo‘lib, bugungi kunda ayniqsa qimmat bo‘lgan investitsiyalarni talab qiladi. YeOII huquqi mamlakatlar o‘rtasida mehnat resurslari harakati bilan bog‘liq keskinlikning bir qismini olib tashlash imkonini beradi. O‘zbekiston MDH, ShHT va YeOII kabi tuzilmalarda 200 tadan ortiq tashabbusni ilgari surdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250528/ozbekiston-eoii-sohalar-obid-hakimov-49568713.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/07/40759229_232:0:2963:2048_1920x0_80_0_0_4da33829598ec57243d849933df29b00.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, yeoii, migrantlar
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, yeoii, migrantlar
Rossiya YeOII kengayishini istaydi — Overchuk
Aleksey Overchuk: Rossiya YeOIIni migrantlar keladigan mamlakatlar hisobiga kengaytirishni xohlaydi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ni, birinchi navbatda, mehnat migratsiyasiga cheklovlar yo‘qligi sababli eng ko‘p migrantlar keladigan mamlakatlarga kengaytirishni xohlaydi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusida
ma’lum qildi. "Demografik vaziyat, mehnatga bo‘lgan talab va uning narxi shunday shakllanmoqdaki, iqtisodiyotni rivojlantirish va inflyatsiyani jilovlash uchun mehnat migrantlarini jalb qilish kerak", — dedi Overchuk.
Uning aytishicha, bu muammoning bir qismini ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish orqali hal qilish mumkin, ammo bu uzoq muddatli yechim bo‘lib, bugungi kunda ayniqsa qimmat bo‘lgan investitsiyalarni talab qiladi.
YeOII huquqi mamlakatlar o‘rtasida mehnat resurslari harakati bilan bog‘liq keskinlikning bir qismini olib tashlash imkonini beradi.
“U o‘z mamlakatlaridan tashqarida ishlayotgan Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya fuqarolariga o‘zlari ishlayotgan mamlakat fuqarolari bilan bir xil huquqlardan foydalanish imkonini beradi... YeOIIga a’zo davlatlar fuqarolariga bo‘lgan munosabatda farqlarning yo‘qligi bu odamlarning jamiyatimizga integratsiyalashuvi uchun yaxshi sharoit yaratadi, ularning hayot sifatiga ta’sir qiladi, ularni o‘z huquqlariga ishontiradi, diasporalarga kamroq qaram qiladi va mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq jinoyatchilikni sezilarli darajada yo‘q qiladi. Bu ko‘p jihatdan nima uchun biz YeOIIni bizga eng ko‘p mehnat migrantlar yuborayotgan mamlakatlar hisobiga kengaytirishni xohlashimizni tushuntiradi”, — dedi u.