O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, qaysi sohalarda o‘zgarishlar bo‘ladi — Obid Hakimov javobi
10:13 28.05.2025 (yangilandi: 10:31 28.05.2025)
© Mejdunarodniy diskussionniy klub "Valday"Obid Xakimov, direktor Sentra ekonomicheskix issledovaniy i reform pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan

© Mejdunarodniy diskussionniy klub "Valday"
Obuna bo‘lish
Obid Hakimov: mehnat migratsiyasi sohasida ham ijobiy samara kutilmoqda.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga qo‘shilishidan ko‘plab sohalarda, masalan, neft-gaz sohasida ijobiy ta’sir kutish mumkin. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishidan ko‘plab sohalarda, masalan, neft-gaz sohasida ijobiy ta’sir kutish mumkin, chunki YeOII ishtirokchilari Rossiya va boshqa mamlakatlardan neft-gaz mahsulotlarini eksport bojlarisiz import qilishlari mumkin. Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida ham ijobiy samara kutilmoqda", — dedi u.
Qayd etilishicha, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har doim globallashuv va integratsiya jarayonlarining ta’sirini baholaydi. Shunday qilib, har bir integratsiya jarayoni qandaydir katta afzalliklar keltirishini ko‘rish mumkin. Mumkin bo‘lgan kamchiliklarni esa yo‘qotish kerakligi aytildi.
"Masalan, O‘zbekistonga avtomobillar importining katta o‘sishi mamlakat avtomobil sanoatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini kutish mumkin. Binobarin, barcha tarmoqlar raqobatga va integratsiya jarayonlari bog‘liq bo‘lgan standartlarga tayyor bo‘lishi kerak", — dedi u.
Hakimovning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro ittifoqlarga a’zo bo‘lishning turli amaliyotlari mavjud. Masalan, YeOIIga qo‘shilgandan so‘ng Qozog‘iston 3 000 ta tovarga alohida tarif stavkalarini tasdiqladi, ular Jahon savdo tashkilotining tarif stavkalari sifatida belgilanadi. Shuning uchun hozir O‘zbekiston faol kuzatuvchi sifatida bularning barchasini o‘rganmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ko‘lami keng va ko‘plab sohalarni qamrab oladi: qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoridan tortib atom energetikasigacha, dedi Hakimov.
"Rossiya - O‘zbekistonning strategik sherigi. Biz doimo sanoat kooperatsiyasi uchun turli yo‘nalishlarni ko‘rib chiqamiz. Hozir buning uchun turli sohalarda ulkan salohiyat mavjud. Masalan, hozir O‘zbekistonda ulkan sur’atlar bilan rivojlanayotgan to‘qimachilik, farmatsevtika, mashinasozlik, elektrotexnika sanoati. Masalan, besh-yetti yil oldin o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 600-700 million dollar atrofida bo‘lgan. Hozirda mamlakatimiz taxminan 4 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilmoqda, bir yarim milliard Rossiya bozoriga to‘g‘ri keladi," — deya qo‘shimcha qildi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, Moskvada "Valday" xalqaro munozara klubi va O‘zbekiston strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasida "Rossiya va O‘zbekiston: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari"ga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirok etdi.