https://oz.sputniknews.uz/20250528/ozbekiston-ichimlik-suv-taminot-rejalari-49572106.html
O‘zbekistonning ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha rejalari ma’lum qilindi
O‘zbekistonning ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha rejalari ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan ichimlik suvi va oqova tarmoqlarini kengaytirishga qaratilgan axborotda ma’lum qilindi.
2025-05-28T13:03+0500
2025-05-28T13:03+0500
2025-05-28T13:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1c/49568233_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_26f3296d2f7e561dd4792aa45723676e.jpg
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekistonda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan ichimlik suvi va oqova tarmoqlarini kengaytirishga qaratilgan axborotda ma’lum qilindi. Axborotga ko‘ra, hozirga kelib aholi mavzelarining 81 foizi ichimlik suvi, 20 foizi oqova tizimi bilan ta’minlangan. Qayd etilishicha, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu yil 800 million dollarlik ishlarni bajarib, 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan. Suv ta’minoti tizimini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilingan. Bu loyiha doirasida besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta “aqlli” hisoblagich va qariyb 3 mingta telemetriya tizimi o‘rnatiladi. O‘zbekistondagi suv inshooti va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatiladiSohada xalqaro hamkorlik va xususiy sheriklik rivojlanib borayotganidan kelib chiqib, ushbu talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash zarurligi aytildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250317/ozbekiston-suv-foydalanish-senat-kodeks-48456174.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1c/49568233_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1929dbbdb06fbb9a37f62022f0c19c7e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston suv inshooti shavkat mirziyoyev ichimlik suvi va oqova tarmoqlari
o‘zbekiston suv inshooti shavkat mirziyoyev ichimlik suvi va oqova tarmoqlari
O‘zbekistonning ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha rejalari ma’lum qilindi
Respublikada 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekistonda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan ichimlik suvi va oqova tarmoqlarini kengaytirishga qaratilgan axborotda
ma’lum qilindi. Axborotga ko‘ra, hozirga kelib aholi mavzelarining 81 foizi ichimlik suvi, 20 foizi oqova tizimi bilan ta’minlangan.
“Bu yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetib boradi, yana 400 ming nafari oqova xizmati bilan qamrab olinadi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu yil 800 million dollarlik ishlarni bajarib, 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Suv ta’minoti tizimini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilingan. Bu loyiha doirasida besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta “aqlli” hisoblagich va qariyb 3 mingta telemetriya tizimi o‘rnatiladi.
Sohada xalqaro hamkorlik va xususiy sheriklik rivojlanib borayotganidan kelib chiqib, ushbu talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash zarurligi aytildi.